Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet16/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Ko’chirish qoidalari.

  1. So’z boshida yoki oxirida kelgan yolg’iz unli hech vaqt bir o’zi ajratilmaydi: u-ka emas uka, mudofa-a emas mudo-faa.

  2. So’z tarkibida ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko’chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya.

  3. Sh, ch, ng harf birikmalari doim birgalikda yoziladi: ko-shona, pu-chuq, de-ngiz.

Eslatma: Ng harfi ikki unli o’rtasida kelsa, keying unli bilan bo’g’in hosil qiladi: ko’-ngil, si-ngil.

  1. Qisqartma so’zlar, yil , oy , raqam bilan yozilgan sonlar keyingi qatorga ko’chirilmaydi: O’zMU, 2016, XX.

  2. 10-“a” sinf, 26-uy, 100gr,25sm kabi ko’rinishdagi birikmalar ham bir-biridan ajratilmaydi.



Morfemika
So’zlarning eng kichik ma’noli qismlarini o’rgatuvchi tilshunoslik bo’limiga morfemika deyiladi. So’z tarkibi morfemalardan iborat. Morfamalar esa 2 turga bo’linadi:
1. Asos. 2. Qo’shimcha. So’zning tub ma’noli qismiga asos (yetakchi morfema) deyiladi. So’zning asos qismi atash ma’no bildiradi. Ba’zan modal so’z, undov so’z, taqlid so’z, olmosh kabi so’z turkumlari so’zning o’zagi bo’lib kelganda, atash ma’no bildirmaydi. M-n: varr-ak, oh-la, sen-siz, yo’q-la. Asosda qo’shimchalar qo’shish natijasida turli xil ma’nolar yuzaga chiqariladi.Masalan: tin-ch, tin-ish, tin-ch-lik, tin-im-siz. Ayrim so’zlar tarixiy taraqqiyot natijasida o’zining tub - asos qismini o’zgartirishi boshqacha shaklga kirishi mumkin. Yomg’r(yom-g’ir), ko’mir(ko’m-mir), olg’a( ol(d)-ga)kabi so’zlarni asos va qo’shimcha qismga ajratib bo’lmaydi. Bir asosdan yasalgan so’zlar asosdosh sanaladi.: fikrdosh, fikriy, hamfikr, fikran.
O’zbek tilida qo’shimchalar asosan asosdan keyin qo’shiladi. Masalan, toy-choq, gul-li. Lekin ba’zi hollarda asosdan oldin ham kelishi mumkin. Bunday qo’shimchalar old qo’shimchalar(prefikslar) sanaladi. Ular fors-tojik tilidan o’zlashgan bo’lib, quyidagilar kiradi:

  1. ba- badavlat, baquvvat.

  2. be- bexovotir, beg’ubor, befarosat, behayo.

  3. no- noumid, noqulay, norozi.

  4. ser- serzavq, sergap, serhosil.

Eslatma: Badfe’l, badjahl badnafs, xushxabar, xushro’y, xushvaqt, hamfikr, hamshahar, hamsuhbat kabi kam qo’llanuvchi so’zlar ham mavjud. Ular ham fors-tojik tilidan o’zlashgan.
Bunday qo’shimchalar biror narsaga egalikni(badavlat, baquvvat, serfarzand, serqatnov) yoki ega emaslikni (beibo, noo’rin, nomard) bildiradi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling