Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet13/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Morfologik yozuv so’z va qo’shimchalar qanday eshitilishidan qat’i nazar aynan yozish, ya’ni qoidaga binoan yozishdir.Masalan: ketti emas ketdi, maktabta emas maktabda, Toshkenttan emas Toshkentdan, kesti emas kesdi, o’qipti emas o’qibdi. Eslatma: Qo’shma, juft, takroriy so’zlar va kuchaytirma sifatlar morfologik yozuv qoidasi bo’yicha yoziladi.Masalan, qip-qizil,baxt-u saodat.
Shakliy yozuv boshqa tildan kirib kelgan so’zlarning o’sha tilda qanday yozilsa bizda ham aynan shunday yozilishidir. Masalan, drama, spirt, sport, teatr, fikr, zikr, dehqon.
Tarixiy- an’anaviy yozuvda so’z va qo’shimchalarning hozirgi holatida emas , qadimda o’zlashib qolgan shakliga ko’ra yozilishidir. Masalan, borgin-borgil , aytgani-aytgali, qolar-qolur, ko’nglimdan-ko’nglimdin, keldimi-keldimu.
Differensiyalash yozuvi so’zlarni urg’u yoki tutuq belgisi yordamida farqlab yozishdir. Masalan, sanat- san’at, suzma-suzma, sher-she’r.
Qo’shib yozish. 1.Xona ,noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang , mijoz, sifat, talab kabi so’zlar yordamida yasalgan qo’shma so’zlarqo’shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, hamshahar, qo’ymijoz, devsifat, kamhosil, umumdavlat,bug’doyrang,suvtalab.
2. –r, -ar, -mas qo’shimchasi bilan yasalgan qo’shma so’zlar qo’shib yoziladi: o’rinbosar, buzoqboqar, ishyoqmas.
3. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash va o’xshatish orqali hosil qilingan qo’shma otlar va sifatlar qo’shib yoziladi: toshbaqa , oybolta, qo’yko’z, sherdil, otquloq, qo’ziqorin, karnaygul, devqomat, qirg’iyko’z, bodomqovoq.
4. Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo’ljallanganligi kabi ma’nolarni bildiruvchi qo’shma so’zlar qo’shib yoziladi: ko’ksulton, oqbosh, achchiqtosh, ko’zoynak, olaqarg’a, qizilishton, mingoyoq.
5. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so’zi bilan yasalgan joy nomlari qo’shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo’rg’on, Davlatobod.
6. Ruscha , baynalmilal yoki so’zma-so’z tarjima qilingan qo’shma so’zlar qo’shib yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radioto’lqin, elektrarra, suvosti, bayramoldi.
7. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo’ljallanganligini bildiruvchi qo’shma so’zlar:kirsovun, tokqaychi, qiymataxta, nosqovoq.
8. Narsaning joyiga nisbat berish asosida bildiruvchi qo’shma so’zlar: tog’olcha, suvilon, cho’lyalpiz, yeryong’oq. 9. Qaratuvchili birikmalarning bir so’zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo’shma so’zlar: mingboshi, so’zboshi, belbog’. 10. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo’shma so’zlar: kelintushdi, kiryuvdi, qoryog’di, urto’qmoq. 11. Qisqartma so’zlar har doim qo’shib yoziladi:O’zMU, ToshDPU. 12.Tarkibida oldi, bo’yi, orti so’zlari bo’lgan joy nomlari qo’shib yoziladi: Kavkazorti, Boltiqbo’yi. 13. Podshoh ma’nosida ishlatiladigan shoh so’zi kishi nomlaridan keyin kelganda qo’shib, oldin kelganda ajratib, kichik harf bilan yoziladi: Boburshoh, shoh Bobur.
14.Ba’zi qo’shma so’zlarni qo’shib ham, ajratib ham yozish hollari uchraydi:soch siypatar – sochsiypatar, beshik to’y – beshikto’y

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling