Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet15/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Bosh harflar imlosi.

  1. Atoqli shaxs va joy nomlari bosh harf bilan yoziladi: Mohira , Jizzax.

  2. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san’at asarlari , sanoat va oziq- ovqat mahsulotlari, transport vositalarining nomlari bosh harf bilan yoziladi. “Malika” firmasi,”Sharq”nashriyot-matbaa konserni, “Damas” avtomobili, Ko’kdumaloq kompressor stansiyasi, Xorazm chanqovbosti ichimliklar zavodi,”Amudaryo” jurnali.

  3. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi: Mustaqillik kuni,Xotira kuni, Navro’z bayrami.

  4. Oliy darajadagi davlat tashkilotlari, xalqaro birlashmalar nomi bosh harf bilan yoziladi: O’zbekiston Respublikasi, O’zbekiston Respyblikasi Vazirlar Mahkamasi, Yevropa Ittifoqi Kengashi.

  5. Tashkilotlar nomining birinchi so’zi bosh harf bilan yoziladi: Mudofaa vazirligi, Davlat test markazi, “Umid” jamg’armasi, Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo’llab- quvvatlash.

  6. Oliy darajadagi unvonlar va mukofotlar nomi tarkibidagi so’zlarning har biri bosh harf bilan yoziladi: “O’zbekiston Qahramoni” unvoni, “Oltin Yulduz” medali. Boshqa mukofotlar , faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi so’zgina bosh harf bilan yoziladi: “Sog’lom avlod uchun”, “Matbaa a’lochisi”.

  7. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi.

  8. Kishi nomlari tarkibidagi arabcha ibn (o’g’li), binni (qizi), o’zbekcha o’g’li, qizi so’zlari kichik harf bilan yoziladi: Murod ibn Sayfiddin

  9. Suv havzalarining birinchi so’zi bosh harf bilan yoziladi. Agar nom tarkibida atoqli ot bo’lsa, bu ot ham bosh harf bilan yoziladi: Sangzor daryosi, Katta Farg’ona kanali.

  10. Joy nomlari har doim bosh harf bilan yoziladi. Agar joy nomlariga –lik sifat yasovchi qo’shimcha qo’shilsa, kichik harf bilan yoziladi: Sirdaryo-sirdaryolik.

  11. Shaxs nomlariga –lar ko’plik qo’shimchasi qo’shilsa, shaxs nomi kichkina harf bilan yoziladi: Kecha rahimlar tog’ga ketishdi.

Eslatma: Kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, binolar va tashkilotlarga atab qo’yiladigan nomlar qo’shtirnoq ichiga olinadi. Ammo shahar, kinoteatr, jamoa xo’jaligi kishilar nomiga qo’yilgan bo’lsa, qo’shtirnoq ishlatilmaydi: “O’zbekiston ovozi” gazetasi, “Neksiya” spektakli, “Lazzat” oshxonasi, Bobur bog’i, Cho’lpon nomidagi kinoteatr. Ko’cha nomlari ham qo’shtirnoqsiz yoziladi: Navoiy ko’chasi, Sayilgoh ko’chasi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling