Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiziqcha bilan yozish.
Ajratib yozish.
Qo’shma fe’l ko’makchi fe’lli qo’shilmalar har doim ajratib yoziladi: kirib chiqdi, aytib qo’ydi, o’qib chiqdi. Har, kech, bir, u, shu, o’sha, hamma kabi so’zlar o’zi birikib kelgan so’zdan ajratib yoziladi: bir zum, hech narsa, u yerda, hamma vaqt. Sifatlarning orttirma darajasini yasovchi to’q , och, tim, lang , jiqqa kabi Yildan yilga , kundan kunga kabi ko’rinishdagi birliklar ham ajratib yoziladi. Nuqtayi nazar, tarjimayi hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi. Qismlari bir-birini izohlagan qo’shma sifatlar ajratib yoziladi: til oldi, o’rta keng, osma ko’prik. Ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan joy nomlari ajratib yoziladi: Markaziy Osiyo, Katta Farg’ona kanali 1-topshiriq: Berilgan so’zlardan qaysilari qo’shib, qaysilari ajratib yoziladi? Sarf// qil, Kavkaz//oidi, hamma//vaqt, Mirza//cho’l, to’q//qizil, dev//qomat, Ur//to’qmoq, O’rta//Osiyo, erk//talab, Boltiq//bo’yi, bir//pas, Ochil//dasturxon, daryo//orti, liq//to’la, erta//pishar, tog’//oldi, yarim//tayyor, jigar//rang, yashil//rang, Uzoq//Sharq, otash//qalb, tele//tanlov, umum//jahon, Kumush//kon. Chiziqcha bilan yozish. Juft yoki takror so’larning o’rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, orzu-umid, tog’-tog’, sekin-sekin. Juft so’zlar orasida –u,-yu yuklamalari ishlatilsa, ular birinchi so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: erta-yu kech, oy-u quyosh. Qop-qora, yam-yashil, to’ppa-to’g’ri kabi kuchaytirma sifatlar chiziqcha bilan yoziladi. Uyma-uy, dam-badam, oyma-oy singari orasida –ma, -ba qo’shimchalari kelgan so’zlar chiziqcha bilan yoziladi. Ba’zi affiks yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi:sen-chi, men-a, keldi-da, ukasi-ku. Eslatma: -mi, -gina(-kina, -qina),- oq, -yoq yuklamalari so’zlarga qo’shib yoziladi: kitobmi, opamgina, keliboq. Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilsa , chiziqcha ishlatiladi: 26-uy, 2016-yil,27-fevral. Rim raqamlaridan so’ng chiziqcha ishlatilmaydi: XXI asr, X bob. Unter-ofitser, kilovatt-soat, metr-sekund, shtab-kvartira kabilar ham chiziqcha bilan yoziladi. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling