Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Orfografiya. Imlo qoidalari
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonetik yozuv.
Orfografiya. Imlo qoidalari Orfografiya yozma nutqning qonun- qoidalarini o’rganadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yilning 24-avgustida “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” 339-sonli qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo’lib quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
Harflar imlosi:a) unlilar imlosi(1-7- bandlar): b)undoshlar imlosi (8-32-bandlar). Asos va qo’shimchalar imlosi(33-37-bandlar). Qo’shib yozish (38-50-bandlar). Chiziqcha bilan yozish (51-56- bandlar). Ajratib yozish (57-65-bandlar). Bosh harflar imlosi (66-74-bandlar). Ko’chirish qoidalari (75-82-bandlar). Hozirgi o’zbek adabiy tili quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1.Fonetik yozuv 2. Morfologik yozuv 3. Shakliy yozuv 4. Tarixiy-an’anaviy yozuv 5.Farqlash yozuvi. Fonetik yozuv. Bu yozuv qoidasiga ko’ra so’zda fonetik hodisa(fuziya, fleksiya) ro’y beradi. Fonetik hodisalarga tovush almashinishi, tovush tushishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi. Fonetik yozuv quyidagilarda namoyon bo’ladi: Tovush almashinishi: bilak+im=bilagim,oyoq+im=oyog’im, ek+gani=ekkani buloq+ga=buloqqa, bo’ya+q=bo’yoq, sayla+v=saylov, yosh+a=yasha, son+a=sana, ot+a=ata, guldira+s=guldiros, o’qi+v=o’quv, tik+gan=tikkan, lov+illa=lovulla, so’ra+q=so’roq, ong+la=angla. Tovush tushishi: og’iz+im=og’zim, singil+im=singlim, burun+im=burnim, ayir+im=ayrim, qayir+il=qayril , ikki+ov=ikkov, olti+ov=oltov, yetti+ov=yettov, men+ning=mening , sen+ni=seni, o’rin+i=o’rni, ayta oldi –aytolda, past+ay=pasay, sust+ay=susay, o’yin+a=o’yna, qizil+ar=qizar, sariq+ay=sarg’ay. Tovush orttirilishi . Isi+q=issiq, sasi+q=sassiq, achi+q=achchiq, u+ga=unga, bu+da=bunda, shu+day=shunday, o’sha+cha=o’shancha, parvo+im=parvoyim, obro’+ing= obro’ying, mavqe+im=mavqeyim, mavzu+im=mavzuyim, ye+il=yeyil, de+il= deyil. Eslatma: Sujet, sentabr, batalon ,budjet kabi so’zlar fonetik yozuvga kiradi. 1-topshiriq: Berilgan maqol va topishmoqlardan tovush o’zgarishlar sonini aniqlang. 1.Yig’lab-yig’lab marza olsang, o’ynab-o’ynab sug’orasan. 2.Ishlaganning og’zi oshga tegar, ishlamaganning boshi toshga. 3.Besh aka-uka bir quduqqa tosh otar. 4.Yetti tuynukli gumbaz, shundan xabar ber O’lmas. 2-topshiriq:Berilgan so’zlarga qo’shimchalar qo’shing va qanday tovush o’zgarishlari sodir bo’layotganligini aniqlang. Son, qishloq, og’iz, zahar, egin, qorin, ong, ot,bolalik, bayroq, istak, orzu, shu, barmoq, insho, ishtirok,tara, qiyin, yig’i, huquq. __________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________________________________ Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling