Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Ohang.Og’zaki nutq oqimi bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan tovushlar ketma-ketligidan iborat


Download 388.95 Kb.
bet11/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Ohang.Og’zaki nutq oqimi bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan tovushlar ketma-ketligidan iborat. Bunday bo’linuvchanlik xususiytiga ega bo’lgan tovushlar qatori segment birliklar qatori hisoblanadi. Segment birliklardan tashqari ustsegment birliklar ham mavjud bo’lib ular nutqimiz tasirchanligini ta’minlaydi. Ustsegment birliklar urg’u, to’xtam (pauza), nutqning emotsional bo’yog’i(darak, so’roq ,buyruq, his-hayajon) kabilarni o’z ichiga oladi. Yuqorida ko’rsatilgan ustsegment birliklarning jami nutq ohangini tashkil etadi. O’g’zaki nutqda tovush o’zgarishi. Assimilatsiya-qator kelgan nutq tovushlarining bir-biriga ta’sir qilib o’ziga moslashtirishidir.Masalan: ket+di=ketti , tuz+siz=tussiz
Dissimilatsiya ikki o’xshash tovushning noo’xshash bo’lib qolishidir. Masalan: birorta- bironta, zarur-zaril, karidor- kolidor, maqtanchoq- maxtanchoq. Metateza yonma-yon kelgan undoshlarning o’rin almashishi. Masalan: tuproq- turpoq, daryo-dayro, ahvol-avhol.


Orfoepiya va grafika
Orfoepiyada adabiy talaffuz me’yorlari , og’zaki nutq qonun- qoidalari o’rganiladi.Orfoepik me’yorlar tilning faqat og’zaki shakli uchun xosdir. Grafika grekcha so’zdan olingan bo’lib yozuv degan ma’noni anglatadi.Grafikada harf va alifbo , yozuv o’rganiladi. Tovushlarning yozuvdagi shartli belgisi harf deyiladi. Harflarning ma’lum bir tartibda joylashuviga alifbo deyiladi. Tilshunoslikda yozuvning piktografik (rasm orqali), ideografik (ramziy shakl), fonografik kabi turlari bor.
O’zbek yozuvi tarixi. O’zbek xalqi O’rta Osiyoning boshqa xalqlari singari avesto, urxun -enasoy(runik, dulbarchin), sug’d, xorazm , uyg’ur kabi yozuvlardan foydalangan. Qadimgi davrlardan VII-VIII asrgacha avesto, urxun-enasoy, sug’d, xorazm yozuvlaridan foydalangan. Yozilgan asarlar: Tunyuquq, Bilga xoqon, Kultegin.
VI-VII asrlardan XIV-XV asrgacha uyg’ur yozuvidan foydalangan. Yaratilgan asarlar: “Qutadg’u bilik”(Vena nusxasi), “Hibat ul-haqoyiq”, “Muhabbatnoma”. VIII asrdan 1930 –yilga qadar arab alifbosiga asoslangan yozuvdan foydalangan. Yozilgan asarlar: “Qutadg’u bilig” (Namangan va Qohira nusxasi), “Devonu lug’atit- turk” va boshqalar. 1930-yildan 1940-yilgacha lotin yozuvi, 1940-yilning may oyidan boshlab krill yozuvi, 1993-yilning 2-sentabridan boshlab lotin yozuvidan foydalanilgan.
Eslatma:1993-yil 2-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasining”Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida ”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu alifboda 31 ta harf 1ta tutuq belgisi bor edi. Ammo ma’lum sabablarga ko’ra 1995-yil 6-may kuni O’zbekiston Respublikasining”Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida ”gi Qonunga o’zgartirishlar kiritildi. O’zgartirilgan alifboda 26ta harf, 3ta harf birikmasi mavjud. Eslatma: Lotin grafikasidan butun dunyo aholisining 30%i foydalanadi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling