Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma: Samarqandda
- Unutmang
1-topshiriq: Juftliklardagi urg’u ta’sirida sodir bo’ladigan ma’no o’zgarishini aniqlang.
1.Hech shu shaharcha odatlaring qolmadi - qolmadi-da, Orziqulov. Quriladigan bu shaharcha harbiylarning oilalariga munosib sovg’a bo’ladi. 2.Ma, yuvib ye, yangi uzilgan. Kasallikka qarshi yangi usulni qo’llash talab etilmoqda. 3. Osma ko’prikdan o’tib, buloq bo’yiga tushib bordim. Behuda safsatalar bilan yelkangga gunoh xaltasini osma. Gap urg’usi gapdagi ma’lum bir so’zning boshqalariga nisbatan ta’kidlab, ajratib aytilshini ta’minlaydi. Gap urg’usi asosan gapda kesim oldidagi so’zga tushadi. Masalan: Kecha dugonalarim bilan soy bo’yiga bordik. Gap urg’usi quydagi holatlarda kesim oldidagi so’zga tushmasligi mumkin: 1.Gapda so’roq olmoshi ishtirok etgan bo’lsa, gap urg’usi so’roq olmoshiga tushadi. M: Nega Oygulning ko’zlari jiqqa yosh? 2.Gapda ajratilgan bo’lak ishtirok etgan bo’lsa, gap urg’usi ajratilgan bo’lakka tushadi. M: Men bor joyda senga, chaqimchi bir odamga, hech narsa yo’q. 1-topshiriq: Mantiqiy urg’u kesim oldidagi so’zga tushmasligiga gaplar tuzing. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Eslatma: Samarqandda afsonaviy obidalar ko’p.Bu gapda urg’u Samarqandda so’ziga tushgan. Eslatma: Biz O’zbekistonning keajagimiz.(Aynan biz) Biz O’zbekistonning keajagimiz.(Boshqa yurtning emas) Biz O’zbekistonning keajagimiz.( Buguni emas, kelajagi) Eslatma: Agar gap urg’usi kesimga tushsa, kesim gap boshida keladi. Masalan: Bordik biz kecha muzeyga. Unutmang! Juft so’zlarda: ota-ona, tarkibli sonda: o’n ikki, ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasida: berib yubordi, takror so’zda: asta-asta, qo’shma so’zlarda: ( faqat qo’shma so’z qo’shib yozilganda)bodomqovoq,(Agar qo’shma so’z ajratib yozilsa, ularning har birida alohida so’z urg’usi bo’ladi.) sotib oldi, xarid qildi urg’u shu holatda bo’ladi. Urg’usi bilan farqlanuvchi so’zlar: Atlas(ot,ipak mato) - atlas(ot, kartalr to’plami); banda (ot, xudoning bandasi) – banda (ot, qurollangan o’g’rilar); botin (ot, ichki) – botin (fe’l); botir (sifat) – botir (fe’l); etik(ot) – etik (sifat, etika faniga oid); fizik(ot, o’qituvchi) – fizik(sifat, fizikaga oid); matematik(ot, mutaxassis) – matematik(sifat, matematikaga oid); mexanik(ot, mutaxassis) – mexanik(sifat, mexanikaga oid); moda(sifat, mokiyon) – moda(ot); organ(ot, organizmning qismi) – organ(ot, musiqa asbobi);soya(ot) – soya(ot, o’simlik); toza(sifat) - toza(ravish); chora(ot, katta yog’och idish) – chora(ot) Urg’u oxirgi bo’g’inga tushmaydigan so’zlar: Astranomiya, auditoriya, allakim, aslo, atom, direktor, doim, gazeta, garchi, hamisha, hamma, hatto, konstitutsiya, leksiya, matematika, obraz, oshiq, poyezd, radio, respublika, ruchka, tonna, traktor, zero. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling