Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
-ki: tepki,
-g’u : cholg’u, -k: kurak, -ak: varrak, -q : taroq, -oq: o’roq, -ma: qurilma, -m: to’plam, -im: kiyim, -don: tuzdon, -noma: taklifnoma , -un: tugun, -choq: o’yinchoq, -chak: belanchak, -chiq: yopinchiq, -ildoq: shiqildoq, -moq: quymoq, ilmoq, -lik: darslik III. O’rin-joy oti yasovchi qo’shimchalar: -zor: bedazor, -loq: toshloq, -goh: oromgoh, -xona: mehmonxona, -iston: O’zbekiston, -obod: Yangiobod, -a:xaroba, vayrona. IV. Faoliyat-jarayon oti yasovchi qo’shimchalar: -chilik: dehqonchilik, -garchilik: yog’ingarchilik, -v: so’rov, -q(-iq): chopiq, -lik: ezmalik, -im: um: terim, unum, -ik, -uq:ko’rik, yutuq, -in: yig’in, - g’in: yong’in –qin: toshqin, -qun: uchqun, -ki: tepki, turtki, -m: chidam, -indi: yig’indi, -a: sharshara, qahqaha V. Mavhum oti yasovchi qo’shimchalar: -lik: bolalik, liq: borliq, -ch: quvonch, -inch: qo’rqinch, -k: tilak, im: bilim, -at: madaniyat, -ot: kamolot, -gi: -g’u: sevgi, tuyg’u, -chi: suyunchi. 2. Sifat yasovchi qo’shimchalar. Bu qo’shimchalar 2 turga bo’linadi: I. Otdan sifat yasovchi qo’shimchalar. -li: gulli, –siz: yuzsiz, -iy: ilmiy, -viy:dunyoviy, -yi: havoyi, -chil: dardchil, -chi : vahimachi, -lik: ko’ylaklik, -gi: kuzgi, -ki: qishki, -chan: mehnatchan, -kor: jafokor, -don: bilimdon, -vor: devonovor, -i: qishloqi, -in: erkin, -dor: guldor, -kash: zahmatkash, -simon: sharsimon, -bop: ommabop, -mand: havasmand, -parast: amalparast, -parvar: erkparvar, ba-badavlat, be-bexosiyat, bar-barvaqt, ser-sertashvish, no-noumid, xush-xushxabar, shumul-olamshumil, -namo:hazilnamo, -aki: yuzaki, -gar: firibgar, -cha: o’zbekcha, -qa: loyqa, -boz: va’daboz, -baxsh: hayotbaxsh, -omuz: istehzoomuz, bo-: boxabar, bad-: badjahl ll.Fe’ldan sifat yasovchilar: -chak: kuyunchak, -choq: erinchoq, -chiq: suyanchiq, -ma: qaynatma, -ik: teshik(kulcha) –q: iliq,- iq: bo’g’iq, -uq: buzuq, -oq: qoloq, -qi: o’ynoqi, -qoq: urishqoq, -ag’on: bilag’on, -mon: bilarmon, -arli: qiziqarli, -ch: tinch, g’ich: yulg’ich, -ovuch: iskovuch, -(i)ndi: asrandi, sig’indi, -g’oq: toyg’oq, -kir, -qir: o’tkir, chopqir, -gir: sezgir, -g’ir: olg’ir, -mon: yeyarmon, -k: chirik, -qin, -kin: keskin, jo’shqin, -g’in: ozg’in, -mas: o’tmas, -a: ko’tara (savdo), to’la, -msiq: achimsiq, -imli: yoqimli,to’yimli, -chi: tilanchi, -inch: tiqilinch III.Boshqa so’z turkumlaridan sifat yasalishi: 1. Sifatlardan: no-: noma’lum, -lom: sog’lom, -chi: a’lochi, -vor: ulug’vor; 2. Olmoshdan: -bop: menbop, bizbop; 3. Ravishdan: -gi: kechagi, hozirgi; 4. Taqlid so’zdan: -ildoq: bijildoq, so’lqildoq, -aki: jirtaki, jizzaki 5. Modal so’zdan: -iy: zaruriy, -li: kerakli 3.Ravish yasovchi qo’shimchalar. -cha: qisqacha, -larcha: mardlarcha, -chasiga:ochiqchasiga -chang: mahsichang, -in(-un):ostin-ustun, -ona: mardona, -lab: haftalab, -an: xayolan, -lay: butunlay, -layin: tiriklayin, -siz: to’xtovsiz, -iga: ko’ndalangiga, -siga: tikkasiga, -ligicha:xomligicha, -incha: yashirincha, -namo: oliftanamo, be-: bemalol 4. Fe’l yasovchi qo’shimchalar. -la: boshla, -lan: faxrlan, -lash: suhbatlash, -illa: chirqilla -ira: yarqira, -a: sana, -y: qoray, -ay: kuchay, -r: qisqar, -ar: ko’kar -sira: suvsira, -sa: suvsa, -ik: kechik(moq), -iq: yo’liq(moq) –i: tinchi, -ot: yo’qot,-it: berkit -ir: gapir,-ur : tupur, -sit: kamsit, -ol: yo’qol, -t: to’lat, -ka: iska, -si: mensi, -ra: ingra Eslatma: Taqlid so’zlardan fe’l yasovchi –illa qo’shimchasi so’z tarkibida v yoki u tovushi bo’lganda –ulla aytiladi va yoziladi: shovulla, guvulla. Agar yasalgan so’z bilan yasashga asos qism o’rtasida bog’lanish bo’lmasa, bu so’z yasama so’z hisoblanmaydi. Masalan: tulki, eski; tul –beva ayol, es-aql, xotira. Eslatma: -lik qo’shimchasi tegishlilik ma’nosini (shaharlik, jizzaxlik), -li qo’shimchasi esa egalik ma’nosini (uyli, diplomli) bildiradi. Shakl yasovchi qo’shimchalar. Asosga qo’shilib , uning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklash yoki o’zi qo’shilayotgan so’zni boshqa so’zga bog’lash vazifasini bajaruvchi qo’shimchalarga shakl yasovchi qo’shimchalar deyiladi. Ular vaziyfasiga ko’ra 2 xil bo’ladi: a) lug’viy shakl yasovchilar, b) sintaktik shakl yasovchilar. Asosga qo’shilib, uning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklovchi qo’shimchalar lug’viy shakl yasovchi qo’shimchalar deyiladi. Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalarga quyidagilar kiradi: Otlardagi : -ko’plik-lar:uylar ; -kichraytirish-erkalash:-cha, -choq, -chak,-jon, -xon, -oy, -bek, -(a)loq, -bonu, -gina; qarashlilik shakli -niki:ukamniki; chegara shakli-gacha: bilakkacha; o’rin-joy shakli –dagi: javondagi. Sifatlardagi: daraja qo’shimchalari: roq, -(i)mtir,-gina, -ish:oqroq, ko’kish. Sonlardagi : sonning ma’no jihatdan turlarini hosil qiluvchi qo’shimchalar:-ta, -tacha, -larcha, -lab, -ov, -ovlon, -tadan. Fe’llardagi: -nisbat qo’shimchalari: -(i)n, -(i)l, -(i)sh, -dir, -tir, -iz, -ar, -sat, -gaz, -giz, -g’az, -g’iz, -kaz, -kiz, -qaz, -qiz, -ir, -t: ichir, to’lat, yetkaz. –sifatdosh qo’shimchalari: -gan, -yotgan, -r, -ar, -ajak, -gusi, -g’usi, -vchi, -uvchi: oqar, kelajak, uchuvchi. –ravishdosh qo’shimchalar: -(i)b, -y, -a, -gach, -guncha, -gancha,-gudek, -gani: ketgach, o’qiguncha. harakat nomi qo’shimchalari: -(i)sh, -(u)v, -moq, -mak: o’qish, bormoq, yozuv. –bo’lishsizlik qo’shimchalari: -ma: borma. –fe’llarga qo’shilib harakatning davomiyligini bildiradigan qo’shimchalar: -gila, -g’ila, -kila, -qila, -la, -ala, -ka, -ga, -qa, -i, -g’i, -qi: turtkula, tortqila, savala, surka, chayqa, qori, (xamirni), to’zg’i, yulqi; - harakatning kuchsizligini, to’la bajarilmasligini bildiradigan qo’shimchalar: -(i)nqira, -(i)msira, -ish: oqarinqira,kulimsira, to’lishdi (oy). So’zlarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan qo’shimchalar sintaktik shakl yasovchi yoki munosabat shakllari deyiladi. Ularga egalik, kelishik, shaxs-son, zamon, mayl qo’shimchalari kiradi. Egalik sintaktik shakl yasovchilar: Egalik Birlik Ko’plik I.shaxs -m, -im: kitobim -miz, -imiz: kitobimiz II.shaxs -ng,ing: kitobing -ngiz, -ingiz: kitobingiz III.shaxs -i(-si): kitobi -i(lari): kitoblari Kelishik sintaktik shakl yasovchilar Bosh kelishik - Qaratqich kelishigi: -ning ukamning Tushum kelishigi: - ni ukamni Jo’nalish kelishigi: -ga(-ka, qa)ukamga O’rin-payt kelishigi: -da ukamda Chiqish kelishigi: - dan ukamdan Shaxs-son sintaktik yasovchilar Shaxs-son Birlik Ko’plik I.shaxs -m,-man: yozdim,boraman -k(-miz)yozdik, boramiz II.shaxs -ng,-san: yozding, borasan -ngiz,(-siz):yozdingiz, borasiz III.shaxs (nol shakl): yozdi, boradi -lar: yozdilar, boradilar -zamon qo’shimchalari: -di, -moqchi, -yap, -yotib, -digan, bormoqchi, kelyapti, boryapti. –mayl qo’shimchalari: -y, -ay, -sin,-(a)ylik, -gin, -(i)ng, -(i)ngiz, -sa: boray, kelsa. 1-topshiriq: So’zlarni morfemaga ajrating. Qo’shimchalarni tasniflang. Giyohlarni, adolatli, bog’bon, ajratildi, mevazor, birinchi, kuzda, dorishunos, sayohatchi, topilgan, sezgir, ikkita, mehnatkah, bag’riga, mehnatdan. ____________________________________________________________________________________________________________________________________ Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling