Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet17/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Eslatma: Old qo’shimchalar asosan sifat so’z turkumida uchraydi.
Mustaqil qo’llana olmaydiga, asosga qo’shilib, unga yangi yoki qo’shimcha ma’no yuklaydigan, so’zlarni bog’lashga xizmat qiladigan qismga qo’shimcha(ko’makchi morfema) deyiladi. Qo’shimchalar ma’nosiga va vazifasiga ko’ra 2 xil bo’ladi:

  • so’z yasovchi morfemalar;

  • shakl yasovchi morfemalar.

Asosga qo’shilib, yangi ma’no hosil qiluvchi qo’shimchalar so’z yasovchi qo’shimchalar deyiladi. Masalan: do’ppi-do’z, foyda-li, taqsim-la. Hosil bo’lgan yangi so’z har doim o’zakning ma’nosi bilan bog’liq bo’ladi: suv-siz, gap-ir. So’z yasovchi qo’shimchalar 4 turga bo’linadi:

  1. Ot yasovchi qo’shimchalar.

  2. Sifat yasovchi qo’shimchalar.

  3. Ravish yasovchi qo’shimchalar.

  4. Fe’l yasovchi qo’shimchalar.

Eslatma: Olmosh va son so’z turkumlari yasalmaydi, lekin yasalish uchun asos bo’ladi. M-n: senla, ikkichi, ikkilan. 1.Ot yasovchi qo’shimchalar. Bunday qo’shimchalar 5 turga bo’linadi: I. Shaxs oti yasovchi qo’shimchalar:

-chi : gulchi ,
-dosh: sinfdosh,
-kor: paxtakor,
-gar: zargar,
-kash: aravakash,
-paz: oshpaz,
-boz: masxaraboz,
-soz: soatsoz,
-lik: buxorolik,
-xo’r: nafaqaxo’r,
-bon: bog’bon, - furush: pistafurush, -shunos: dorishunos, -vachcha: xolavachcha, ham-: hamyurt,
-xon : kitobxon,
-do’z: zardo’z,-(u)vchi: o’quvchi,
-dor:hukmdor
-parast: molparast,
-go’y, nasihatgo’y
-tarosh: haykaltarosh, -navis: qissanavis,
-gir: fazogir

II. Narsa-buyum oti yasovchi qo’shimchalar:

-gich: osgich qich:ochqich
-g’ich: chizg’ich
-kich: keskich, -gi: supurgi -qi: sanchqi

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling