Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet25/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

So’z va leksema. Nutqimiz so’zlarning qo’shiluvidan hosil bo’ladi.So’z bo’lishi uchun tovushlar birikmasining o’zigina kifoya qilmaydi. Ma’lum tovush va tovushlar birikmasi ma’no bilan bog’langandagina so’zga aylanadi. Demak, so’zning 2tomoni mavjud: a)moddiy tomoni (tovush yoki harflar ketma-ketligi), b)ma’no tomoni ma’lum ma’no bilan bog’langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so’z deyiladi. Har bir so’zning 2 xil ma’nosi bo’ladi: 1.Atash ma’no (leksik ,lug’aviy ma’no) 2.Grammatik ma’no. So’zning borliqdagi narsa, belgi, harakat, son kabilar haqidagi ma’lumoti atash ma’no deyiladi: soat, yetti, yurmoq, non. Atash ma’no narsa, belgi, harakatning aynan ozini emas, balki ular haqidagi umumiy tushunchani ifodalaydi: uy (yashash uchun quriladigan inshoot), quyosh (osmon jismi), qizil (rang). Grammatik ma’no so’zning u yoki bu turkumga mansubligini ko’rsatuvchi ma’nodir: daraxt so’zi ot turkumiga mansub. So’zlarning grammatik ma’nosi morfologiya bo’limida o’rganiladi. Demak,nutq jarayonida har bir so’z leksik va grammatik ma’nolar uyg’unligidan tashkil topadi.
1-topshiriq: Bog’, sakkiz, aytmoq, jigarrang, mana, sekin, hamda, faqat, kabi,voy. Berilgan so’zlarning leksik va grammatik ma’nolrini aniqlang.
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Grammatik ma’nosiz, faqat atash ma’no bildiruvchi so’zning qismi uchun leksema atamasi qo’llanadi. Bunda so’z morfologiya birligi sifatida, leksema esa leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi. Gap tarkibidan so’zlarni ajratamiz. So’zlar esa leksema va grammatik qo’shimchalarga bo’linadi. So’zning grammatik ma’no bildiruvchi qo’shimchalarsiz qismi leksema sanaladi. Lug’atlarda bosh so’z sifatida leksemalar beriladi. Leksemalar: ona, keng, sariq, ko’p. Agar bu so’zlar gap tarkibiga kirsa so’z hisoblanadi: Onam keng o’tloqlardan sariq gullarni terdi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling