Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
So’zlarning tuzilishiga ko’ra turlari
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
- 1-topshiriq
- Juft so’zlar
So’zlarning tuzilishiga ko’ra turlari So’zlar tuzilishiga ko’ra 4 xil bo’ladi: 1)sodda so’zlar; 2)qo’shma so’zlar; 3)juft so’zlar; 4)takroriy so’zlar. I. Sodda so’zlar bir o’zakdan tashkil topadi. Ular 2 xil bo’ladi: tub, yasama a) sodda tub so’zlar so’z yasovchi qo’shimchalari bo’lmagan so’zlardir. Ular lug’aviy va sintaktik shakl yasovchi qoshimchalarni olishi mumkin. M-n: ruchkalar, havodan, qizilroq, keldik. b)sodda yasama so’zlar so’z yasovchi qoshimchalarni olgan so’zlardir: e’tiborsiz, suvsa, mahsuldor, qizar . II. Qo’shma so’zlar 2 yoki undan ortiq o’zakdan tashkil topib, 1 ta so’roqqa javob bo’ladi: xomtok, hozirjavob.
Qo’shma so’zlarning tarkibi bir xil so’z turkumiga ham, har xil so’z turkumiga ham oid bo’lishi mumkin: oshpichiq (ot+ot), sotib olmoq (fe’l+fe’l), qo’shtirnoq (sifat+ot), erksevar (ot+fe’l) Eslatma:1. Qo’shma so’zlarga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shib, yangi so’z yasash mumkin: atirgulli daftar, oltiariqlik. 2.Qo’shma so’zlar so’z birikmasidan hosil bo’ladi. Butunlay qo’shma so’zga aylangan so’z birikmalari qismlari qo’shib, endi qo’shma so’zga aylanayotganlari ajratib yoziladi. Masalan: so’zboshi, temir yo’l, osma ko’prik 1-topshiriq: Tarkibi har xil so’z turkumidan iborat bo’lgan qo’shma so’zlarga misollar keltiring. ____________________________________________________________________________________________________________________________________ 2-topshiriq: Tarkibi bir xil bo’lgan va ajratib yoziladigan qo’shma so’zlarga misollar keltiring. ____________________________________________________________________________________________________________________________________ III. Juft so’zlar ma’nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli 2 o’zakning juftlashuvidan tashkil topgan so’zlardir. Juft so’z o’zaklari har doim chiziqcha bilan yoziladi. Ularning har ikkala qismi deyarli har doim bir xil so’z turkumiga oid bo’ladi: idish-tovoq (ot), yaxshi-yomon (sifat), yozdi-oldi (fe’l), erta-kech (ravish), uch-to’rt (son), sen-men (olmosh). Judayam kam hollarda juft so’zlarning tarkibi har xil so’z turkumiga oid bo’lishi mumkin: ur-to’polon (fe’l-ot), shirin-shakar(sifat-ot). Juft so’zlarning tarkibi 4 xil bo’ladi: 1.Har ikkala qismi yakka holda mustaqil ma’no bildiradi:daftar-kitob, toat-ibodat, or-nomus. 2. 2-qismi yakka holda ishlatilmaydi: temir-tersak, kiyim-kechak, maza-matra, mayda-chuyda. 3. Ikkala qismi ham ma’no bildirmaydi: g’ala-g’ovur, dali-g’uli, poyintar-soyintar. 4. 1-qismi ma’no bildirmaydi:qo’ni-qo’shni Eslatma: Grammatik shakllar ( lug’aviy va sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar) ,odatda, juft so’zlarning 2-qismiga qo’shiladi: qo’y-qo’zilarni. Ba’zan bu qo’shimchalar ikkala qismiga ham qo’shilishi mumkin: aytdim-qo’ydim Juft so’zlar quyidagicha tuziladi: 1.Bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan: sabzi-piyoz, qovun-tarvuz, qozon-tovoq. 2. Sinonimlardan: baxt-saodat, kuch-quvvat, o’t-olov, yarog’-aslaha, aft-bashara. 3.Antonimlardan:oq-qora, uzun-qisqa, yaxshi-yomon. 4.Butun va bo’lak nomlaridan: tog’-tosh, oy-kun, vaqt-soat, gap-so’z. Juft so’zlar tub yoki yasama bo’lishi mumkin: besh-olti (tub-tub), o’yin-kulgi(tub-yasama), yig’im-terim (yasama-yasama),his-tuyg’u (tub-yasama), issiq-sovuq (yasama-yasama) Juft so’zlar quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1.Ma’no umumlashadi;ota-ona, yaxahi-yomon, 2.Ma’no umumlashadi va kengayadi; ot-ulov, oziq-ovqat, idish-tovoq 3.Aytdi-qo’ydi, yozdi-qo’ydi kabi juft fe’llarning 2-qismi yordamchi bo’ladi, u 1-qismining ma’nosiga yana qandaydir ma’no qo’shadi. Aytdi bilan aytdi-qo’ydi teng emas. Aytdi-qo’ydi ishning osonlagini, birdan bajarilganligini bildiradi. Eslatma. Juft so’zlarga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan yangi so’z yasash mumkin; qishin-yozin, ochin-to’qin, or-nomusli Eslatma. –u, -yu yuklamasi juft so’zlar orasida bog’lovchi vazifasini bajarganda, juft so’zlarning 1-qismidan har doim chiziqcha bilan ajratib yoziladi; kun-u tun, kecha-yu kunduz Ba’zi juft so’z qismlari o’rnini almashtirib qo’llash mumkin; omon-eson, kun-tun, qish-yoz. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling