Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar
- 3-topshiriq
2-topshiriq: Berilgan misollarni leksema va so’zga ajrating.
O’ynoqi, sarkarda, faxrlandi, masxara, chopiqda, maktabday, bola, onajon. Leksema;______________________________________________________ So’z:__________________________________________________________ Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar . So’zlar bir ma’noli va ko’p ma’noli bo’lishi mumkin. Faqat bitta aniq ma’noni ifodalash uchun qo’llanilgan so’zlar bir ma’noli (monosemantik) so’zlar deyiladi. Bir ma’noli so’zlar tilimizda kam sonni tashkil qiladi. Atamalar deyarli har doim bitta ma’noni bildiradi:o’n, Toshkent, morfemika, teorema. Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo’llanuvchi so’zlarga ko’p ma’noli so’zlar (polisemantik) deyiladi.Tilimizdagi so’zlarning juda katta qismi ko’p ma’nolidir, chunki kishilar o’zining kundalik hayotida yangi paydo bo’lgan tushunchalarning har biri uchun alohida-alohida so’zlar qo’llayveradigan bo’lsa, so’zlarning soni o’ta ko’payib ketib, ularni xotirada saqlashning iloji bo’lmay qoladi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashib, u sekin-sekin yaroqsiz holga kelib qolgan bo’lardi. Shuning uchun ham har qaysi tilda sanoqli til birliklarining turli xil kombinatsiyalaridan cheksiz tushuncha va farqlarni ifodalashga harakat qilinadi. Shu harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo’lgan so’zlarga yangi-yangi ma’nolar yuklanadi. Natijada ko’p ma’noli so’zlar hosil bo’ladi. Ko’p ma’noli so’zlarda ma’no qanchalik ko’p bo’lsa ham, lekin u bir so’z hisoblanaveradi. Shuning uchun ham ko’p ma’noli so’zlarda ma’nolardan biri to’g’ri ma’no (yoki o’z ma’no), qolganlari esa ko’chma ma’no bo’ladi. O’z va ko’chma ma’no birikib ko’p ma’noli so’zni hosil qiladi.Ko’p ma’noli so’zlar har doim bir xil so’z turkumiga oid bo’ladi: yutmoq- gapini yutdi, urush farzandlarni yutdi. 3-topshiriq: Quyidagi so’zlarni bir va ko’p ma’noli so’zlarga ajrating. Daftar, quloq, ot, silamoq, esmoq, kasr, eshik, etak, Parij, sinonim, bobo, Go’zal. Bir ma’noli:______________________________________________________ Ko’p ma’noli:_____________________________________________________ Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling