Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet28/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Metonimiyaga misollar:
1.Navoiyni(asarlarini) o’qidim.
2. ,,Hamza’’ga(teatri) bordik.
3. 6 ga(avtobus) mindim.
4.Aauditoriya(odamlar) kuldi.
5.Majlis (odamlar)qaror qiladi.
6.Ichak-chovag’im tugadi, endi kalla sotaman.
7.Qani, mehmon dasturxonga qarang.
8.Butun mahalla-ko’y Razzoq so’figa rahmat aytishdi.
9.Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi.
10.Navbatim jinsiy kiygandan keyin.
2-topshiriq: Metonimiyaga beshta misol keltiring.
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Sinekdoxa (yunoncha- birga anglamoq, qo’shib fahmlamoq) qismning nomi bilan butunni yoki butunning nomi bilan qismni atash hodisasidir.M:Ehtiyot bo’lib gapiring, aylanay, ichimizda quloqlar bo’lishi mumkin.
Sinekdohaga misollar:
1.Qo’shnimiz o’n yildan beri tirnoqqa zor.
2.Tog’da hammamiz birgalikda tuyoqlarni ko’paytiryapmiz.
3.Men egma qoshimga sajda qilaman (qism orqali butun).
4.Kechki ovqatni qilayotganimda qo’limni kesib oldim.
5.Og’ayni besh qo’l barobar emas-ku, axir. (butun orqali qism).
6.Kechgacha tuz totmay qo’ydi.
7.Meni u eshikka qadam bostirmaydi.
8.Urush ko’plarning yostig’ini quritdi.
9.G’ilayning rejasi guruh boshlig’iga yoqdi.
10.Bizning uyimiz olti tomdan keyin joylashgan.
3-topshiriq: Sinekdoxaga beshta misol keltiring.
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Vazifadoshlik bir narsaning vazifasini 2- bir narsa bajarishi natijasida avvalgisining nomi bilan keyingilarini ham ifodalashdir: insonning tomiri – daraxtning tomiri, miltiqning o’qi – komonning o’qi, elektr chiroq – shamchiroq, qushning qanoti – samolyotning qanoti. Misollar:
1.Sekinroq devorning ham qulog’i bor.
2.Tinglovchilarning hammasi bir quloqqa aylandi.
3. Yoshlarimizga hech qachon ko’z tegmasin.
Kinoyada so’zlar aks ma’noda qo’llaniladi. Yozuvda bunday ko’chishlar qo’shtirnoqqa olinadi: ,,Matematik’’ sinfdoshimning tuzgan tenglamasi hammani lol qoldirdi.
Tag ma’no butun boshli gapning kichik hajmdagi matnda ko’chma ma’noda qo’llanishidir: Xotin: Sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo’lmasmida? Er: Afsuski, yaqin qarindoshlar orasida nikoh man qilingan. Eslatma.So’zning o’z ma’nosidan ko’chishi badiiy uslubda ko’proq uchraydi. Ba’zan ommaviy va og’zaki so’zlashuv uslublarida ishlatiladi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling