Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
So’zning o’z va ko’chma ma’nosi
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’chma ma’no va ularning turlari
- To’g’ri
So’zning o’z va ko’chma ma’nosi
So’zlarning leksik ma’nosi 2 xil bo’ladi: a)o’z (bosh asl ma’no); b) ko’chma ma’no . So’zlarning nutq jarayonida bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi o’z ma’no (denotativ) bo’ladi: ko’z, bosh, quloq (odamniki). Ko’chma (konnotativ) ma’no bosh ma’no asosida yuzaga keladi, ya’ni so’zning o’z ma’nosidan o’sib chiqqan ma’nodir. So’zning nutq tarkibidagi boshqa so’zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi ham ko’chma ma’nodir: temir intizom, toza qalb, qozonning qulog’i, qattiq uyqu, majburiyatni olmoq. Ko’chma ma’no va ularning turlari. Ma’no ko’chishining nima asosda ro’yobga chiqishiga ko’ra quyidagi turlari bor: 1. Metafora 2.Metonimiya 3.Sinekdoxa 4.Vazifadoshlik 5.Kinoya 6.Tag ma’no. Metafora (yunoncha-,,ko’chirma’’) biror narsa, belgi yoki harakatning nomini o’zaro tashqi o’xshashligi bo’lgan boshqa biror narsa, belgi yo harakatga ko’chirish usulidir: achchiq gap, sovuq xabar. Metafora quyidagi asosda bo’lishi mumkin: a)ko’rinishdagi o’xshashlik:qozonning qulog’i, oltin kuz. b) joylashish o’rnidagi o’xshashlik: daryoning boshi, tog’ning etagi, samolyotning dumi. d) ma’nodagi o’xshashlik. Bu narsa asosan belgi va harakat bildiruvchi so’zlarda uchraydi: jonli suhbat, chuqur o’ylanmoq, qora niyat, soatning yurishi. Eslatma. Ba’zi turdosh otlar atoqli otga ko’chadi: Yo’lbars, Lochinboy, Asalxon, Ozoda, Boltaboy va h.k. Turdosh otlarning atoqli otga ko’chishi ham metafora yo’li bilan hosil bo’ladi. Metaforalarga juda yaqin bir vosita – o’xshatishlar bo’lib, ular yordamida shaxs-predmetlar bir-biriga o’xshatiladi, qiyos qilinadi. Unda –dek, -day, go’yo, yanglig’ singari, xuddi kabi qo’shimcha va so’zlardan foydalaniladi: Bahor kelinchakdek yasanib keldi. Misollar:Ipni uzmoq(bosh ma’no)-qarzni uzmoq(ko’chma ma’no), odamning qulog’i-qozonning qulog’i, odamning og’zi-g’orning og’zi, to’g’ri tayoq-to’g’ri gap, yengil eshik-yengil kuy, sovuq suv-sovuq xabar,tomdan tushmoq-mansabdan tushmoq, ari chaqib oldi-gap bilan chaqib oldi. Metofaraga misollar: 1.To’g’ri gap tuqqaningga yoqmaydi. 2.Litsey qaldirg’ochlarini tabriklashdi. 3.Rahmi kelib bulutning, yig’lab to’kar yoshini. 4.Tuzsiz she’rlarim deb, shirindan shirin bolalarim yurar oyoq uchida. 5.Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi. 6.Harbiy xizmat temir intizomni talab qiladi. 7.U ko’l yoqasiga kelganini ham sezmadi. 8.Yo’lchi hali gapini bitirmagan edi,Mirzakarimboy uni kesdi. 9.Quyoshning oltin qalami nur taratar edi. 10.Bahslashishga yo’l qolmagan edi. 1-topshiriq: Metofaraga beshta misol keltiring. ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Metonimiya (yunoncha-,,qayta nomlash’’) narsa va hodisalarning o’zaro bog’liqligi asosida bir predmet nomi bilan 2-ni ifoda etishdir. Bunda 2 predmet o’rtasida hech qanday o’xshashlik bo’lmaydi.Ular orasidagi doimiy bog’lanish tufayli birini aytganda 2-si ham anglashiladi: bir kosa suv ichdim deyish o’rniga bir kosani simirdim. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling