Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Tasviriy ifoda (parafraza)


Download 388.95 Kb.
bet35/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Tasviriy ifoda (parafraza) Predmetni o’z nomi bilan atamay tasvirlab ifodalanishi yoki biron narsa va hodisani boshqa bir narsa va o’xshatish orqali tasvirlab ifodalash tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar narsa va hadisalarning ikkinchi nomidir. Tasviriy ifoda – narsalar nomining bo’yoqdor muqobili bo’lgan birikma. U uslubiy chegaralangan, ko’proq publitsistikaga xos. Tasviriy ifoda tushunchani bildirishi bilan so’zga teng, lekin bo’yoqdorligi biln farqlanadi.

Mo’yqalam sohiblari-rassomlar, salomatlik posbonlari-shifokorlar, baxtimiz qomusi-konstitutsiya, o’rmon malikasi –archa, dala malikasi-makkajo’xori, charm qo’lqop ustasi-bokschi, oq oltin-paxta, kumush tola-ipak, oltin boshoq-bug’doy, po’lat ot-traktor, fasllar kelinchagi-bahor, yurt oqsoqoli-prezident, dunyo tomi-Pomir, ko’zimning nuri-farzand, qalbim quyoshi-ona, zangori kema-kombayn, baraka urug’i-chigit, po’lat etak-bunker, suyuq oltin-zaytun moyi. Tasviriy ifodalar deyarli ot so’z turkumi doirasida bo’ladi. Ularda ham omonimlik va sinonimlik hodisalari kuzatiladi. Aql gimnastikasi-matematika, shaxmat, krassvord(omonim), zangori ekran-oinai jahon-televizor(sinonim)
1-topshiriq:Berilgan tasviriy ifodalarning muqobilini toping.
Ikki dunyosi________________________________________________________
Yomonliklar kaliti___________________________________________________
Oq ajal____________________________________________________________
Balog’at ostonasidan o’tmagan________________________________________
Taraqqiyot kushandasi_______________________________________________
Jamiyatga tushgan qurtlar____________________________________________
Hayot ko’zgusi______________________________________________________
Adolat qo’rg’oni_____________________________________________________
Barqaror birikmalarga (paremiologiya)quyidagilar kiradi: I.Iboralar.So’zlar uslubiy bo’yoqli yoki bo’yoqsiz bo’ladi. Iboralar esa har doim bo’yoqdor. Ibora o’zi ifodalagan tushuncha bilan so’zga teng, lekin bo’yoqdorligi sababli bu tenglik buziladi. Shuning uchun iborani so’z bilan har doim ham almashtirib bo’laydi.
Ibora boshqa tilde aynan muqobilga ega emas. O’zlashma ibora bo’lmaydi. Iboralarni ko’p qo’llash til bilimi va nutqiy salohiyat yuqoriligidan dalolat beradi. Frazeologiya ma’nosi bir so’zga teng keladigan, ko’chma ma’noda qo’llaniluvchi so’z birikmasi yoki gap ibora deyiladi.Iboralardan nutqda tayyor holda ishlatamiz. Frazeologizmlar turg’un (barqaror) birikmalar hisoblanadi. Chunki ularni ajratib bo’lmaydi.Gapda iboralar bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta bo’lak vazifasida keladi.M-n: Tolib aka bu yigitning arpasini xom o’rganini bilib qoldi(nimani?, to’ldiruvchi). iboralarga misollar: pixini yorgan, qulog’i ding bo’lmoq, ko’nglida kiri yo’q, tuyog’ini shiqillatmoq, qildan qiyiq topmoq, qovog’i osilmoq, o’pkasini cho’pga ilgan, almisoqdan qolgan, tulki qiziga to’y berdi. Iboralar ikki xil shaklda bo’ladi:
1. So’z birikmasi shaklida:ko’ngli to’q, ichi qora, ishtahasi karnay.
2. Gap shaklida: yer bilan yakson qilmoq, taqdirga tan bermoq, aqli kirdi, dimog’i chog’ bo’ldi.
Eslatma: Gaplardagi birikmalarning erkin birikma yoki ibora ekanligini gapning mazmunidan bilib olamiz. M-n: Shodiyor akaning bozordan avaylab olib kelayotgan tarvuzi qo’ltig’idan tushdi(erkin birikma). Bu xabarni eshitib, Rayimqulning tarvuzi qo’ltig’idan tushdi (ibora).

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling