Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Grammatika Grammatika


Download 388.95 Kb.
bet37/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Grammatika


Grammatika (yunoncha – ,,o’qish va yozish haqidagi bilim’’) tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, nutqda so’zlarning o’zgarishi, o’zaro birikib, gap hosil qilishi o’rganiladi. Grammatika 2 bo’limdan iborat: 1.Morfologiya. 2.Sintaksis. Grammatik vazifa –so’z birikmasi va gap tarkibidagi so’zlarni bir-biriga bog’lovchi vositalardir.Quyudagilar grammatik vazifa bajara oladi: 1.Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar: daftarga yozdi. 2.Yordamchi so’zlar: o’qish haqida suhbat. 3.Ma’no va ohang: sovuq havo. Sintaktik vazifa gap tarkibidagi so’zlarning bajaradigan vazifasidir. Gap tarkibidagi so’zlar quyidagicha sintaktik vazifa bajaradi: 1.Gap bo’laklari (ega, kesim, to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol). 2.Undalma. 3.Kirish so’z. Demak,mehnat hamisha insonni ulug’laydi.


Morfologiya To’plam va tasnif tushunchasi.O’rganish uchun olingan turli narsa, voqea-hodisalar yig’indisi to’plam deyiladi.To’plamni o’xshash va farqli belgilar asosida ichki guruhlarga bo’lish tasnif deyiladi. Morfologiya (yunoncha ,,shakl haqida ta’limot’’) so’zning morfologik turkumlarini,grammatik kategoriyalarni, so’z shakllarini o’rganadi. Morfologiya so’zni grammatik birlik sifatida tekshiradi.Grammatik birlik sifatida so’z grammatik ma’no va grammatik shaklga ega bo’ladi. Grammatik ma’no so’zning u yoki bu turkumga mansubligini ko’rsatuvchi, shuningdek, so’zning ma’lum bir grammatik shakli ifodalaydigan ma’nodir. Grammatik ma’no asosiy xususiyatiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 1.Kitob, uy, bola kabi so’zlarning har biriga xos ma’no atash ma’nodir. Ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan ma’no, ya’ni predmetlik ma’nosi grammatik ma’nodir. Xuddi shu umumiy ma’no ularni bir turkumga birlashtiradi. 2.Shu so’zlarning atash ma’nosiga qo’shimcha tarzdagi ma’nolar ham grammatik ma’nodir. Bunday ma’no so’zning maxsus shakllari (lug’aviy va sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar) orqali ifodalanadi: kitobim,uylar, bolacha. Har qanday grammatik ma’no ma’lum grammatik shakl orqali ifodalanadi. Grammatik shakllar boshqa so’zning ma’lum bir grammatik ma’no ifodalovchi ko’rinishidir: Grammatik shakl Grammatik ma’no aytdi zamon qo’shimchasi maktabga kelishik qo’shimchasi ko’kimtir daraja qo’shimchasi kitob__ birlikda, bosh kelishik
Grammatik shakllar. Quyidagi so’z turkumlarida grammatik shakllar mavjud: otlarda: son, egalik, kelishik; sifatlarda: daraja; sonlarda: sonning ma’no turini hosil qiluvchi qo’shimchalar; fe’llarda: nisbat, mayl, zamon, bo’lishli-bo’lishsizlik, shaxs-son.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling