Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet36/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

2-topshiriq:Quyidagi iboralarning ma’nolarini toping va ular ishtirokida gaplar tuzing.Iboralar gapda qaysi gap bo’lagi bo’lib kelganligini aniqlang.
Ko’z ko’rib, quloq eshitmagan; nomi ulug’, surpasi quruq; katta boshini kichik qilmoq; dami ichida qolmoq; suvdan quruq chiqmoq.
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
II. Maqol va matallar. Maqol – xalq og’zaki ijodi janri, shu bilan birga, til birligi ham. U – ixcham, mazmuniy va ta’sirchanlik ko’lami baland ifoda. Maqollar biror nutq vaziyatiga xos bo’ladi, shuning uchun, ko’pincha,bir-birini inkor etadi. Yaxshilik qil – umidvor bo’l. – Yaxshilik qil – unut.(Davom ettiring)
III.Hikmatli so’zlar (aforizmlar). Buyuk, taniqli shaxslarning ibratomuz fikrlari hikmatli so’zlar deyiladi. Tilimizning tovlanib turishida shoir uchun ne-ne bitmas-tuganmas xazina bor. (M.Shayxzoda)
Leksikografiya
Leksikografiya(yunoncha-“so’z yozmoq”)da lug’at va uning turlari o’rganiladi. So’zlarning ma’lum maqsad bilan to’plangan, tartibga solingan shakli lug’at deyiladi. Lug’atlar turli maqsadlarda tuziladi. Shunga ko’ra ular 2 katta guruhga bo’linadi:
1. Ensiklopedik (qomusiy) lug’atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o’z ichiga oladi.
2.Lingvistik (filologik, tilshunoslik) lug’ati ma’lum bir tildagi so’zlarni o’z ichiga oladi.
Lingvistik lug’at turlari: 1.Izohli lug’atda so’zlarning ma’nolari izohlanadi. Agar so’z ko’p ma’noli bo’lsa, har bir ma’nosi izohlanadi va shunga misollar beriladi. O’zbek tilining izohli lug’ati 5 tomli bo’lib, 2006-2008-yilda Toshkentda yaratilgan. Bu izohli lug’atda 80 mingdan ziyod so’z va birikmalar izohlanadi. Eslatma. O’zbek tilining dastlabki izohli lug’ati Mahmud Qoshg’ariyning ,,Devonu lug’atit-turk’’ asaridir. 2.Imlo (orfografik) lug’atida so’zlarning to’g’ri yozilishi ko’rsatiladi. Yurtimizda imlo lug’ati bir necha bor nashr qilingan. Eng oxirgisi 2013-yilda chop etilgan imlo lug’atidir. Unda 85 000dan ortiq so’zning yozilishi qayd etilgan. 3.Orfoepik lug’atda so’zning to’g’ri talaffuz qilish qonun-qoidalari o’rganiladi. 1997-yilda U.Usmonova tomonidan yaratilgan. 4.Morfem lug’atda so’zning morfem tuzulishi (o’zak va qo’shichalar)o’rganiladi 1997-yilda A.G’ulomov ,N.Tixonov, R.Qo’ng’urovlar tomonidan tuzilgan. 5. Chappa (ters) lug’atda so’zlar teskari tomondan bo’lgan alifbo tartibiga ko’ra joylashtiriladi. Agar biz bir xil qo’shimchali so’zlarni yig’moqchi bo’lsak, shu lug’atga murojaat qilamiz. 1969-yilda R.Qo’ng’urov, N.Tixonovlar tomonidan tuzilgan va Samarqandda nashr qilingan.
6.O’zlashma so’zlar lug’atida o’zga tillardan kirgan so’zlar izohlanadi. 7. Sinonimlarning izohli lug’atida sinonimlarning ma’nolari izohlanadi 1974-yilda A.Hojiyev tomonidan tuzilgan. 8.Frazeologik lug’atda iboralarning ma’nolari izohalanadi. 1978-yilda Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan. 9.Antonim lug’atda antonim so’zlarning ma’nolari izohlanadi. 1980-yilda Sh.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.Shukurovlar tomonidan tuzilgan. 10. Tarjima lug’atida bir tildagi so’zning 2-tilda qaysi so’zga teng kelishi ko’rsatiladi.
11.Dialektal lug’atda shevaga xos so’zlar izohlanadi. 12. Terminologik lug’atda atamalar izohlanadi. 13.Etimologik lug’atda so’zlarning kelib chiqish tarixi o’rganiladi.
Eslatma. Lug’atlarda fe’llar harakat nomining –moq shaklida beriladi. Alisher Navoiyning asarlari bo’yicha F.Fozilov rahbarligida tuzilgan lug’atda 70.000 ga yaqin so’z, P.Shamsiyev, S.Ibrohimovlar tuzgan lug’atda 60000 ga yaqin so’zlar qo’llangani ko’rsatilgan. Agar o’zbek tildagi so’zlarning barchasi to’plansa 100-120 mingdan ortib ketadi.



Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling