Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet40/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlar. Shaxs va narsalarning faoliyat jarayonini nomlovchi otlar faoliyat-jarayon otlari deyiladi. Faoliyat-jarayon otlari -lik, -chilik, -garchilik, -(u)v, -(i)m, -(i)q qo’shimchalari yordamida yasaladi: g’allachilik, serobgarchilik, chaquv, terim, unum va hokazo. 1.Terim boshlanganidan buyon Sayyora daladan beri kelmaydi. 2.Huriniso ipakchilik zvenosining boshlig’i bo’lgan ekan. 3.Yolqin akam traktor terimidan bo’shagandan keyin hovlining kamchiliklarini tuzatdi.
4.Kuni kecha xayrlashuv tantanasi bo’ldi. 5.Bilim kishining ko’nglini yoritadi, unga ro’shnolik beradi.
2-topshiriq:Berilgan gaplardan joy nomlari va shaxs otlarini aniqlang.
1.Jiydakapa do’ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan. 2.Maktab bog’ida o’qituvchilar va o’quvchilar birgalikda mehnat qilishdi. 3.ramazon kirdi… Dadam meni bozorshabga olib bordi. 4.Kampirning o’tovi Zolariqning chap qirg’og’ida edi. 5.Nurali bu tomonlarda juda mashhur edi.
Joy nomlari_________________________________________________________
Shaxs otlari_________________________________________________________
3-topshiriq:Turdosh otlarni guruhlarga bo’lib chiqing.
Opasi savatda olma, behi, anor, nashvati olib kirib, dasturxon tuzashga tushdi. Ukasining so’rog’ini kutmay, oiladagi yangiliklardan gapira boshladi…
Hashtak-pashtakni” eshitib, O’rinboyning esiga onasi tushdi. Bog’larida bir tup subhoni o’rik bo’lardi. Shu o’riklar burunning qonidau qizarib pishganida onasi go’shtini danagidan bitta-bitta ajratardi-da, keyin danagini chaqib, yana go’shti orasiga tiqib juftlagach, oftobga yoyib quritardi. Tayyor bo’lganida og’zingizga solsangiz, xuddi mag’izli holva yeganning savobini topardingiz…
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling