Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet31/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

4-torshiriq: Ushbu baytdagi sinonim so’zlarni aniqlang.
Aytdi: “Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?”
Men dedim: “G’urbatda furqat bor ekan taqdirda”.
Antonimlar (zid ma’noli so’zlar). Qarama-qarshi ma’noli so’zlar antonimlar deyiladi: oz-ko’p, erta-kech, yaxshi-yomon.So’zlarning o’zaro zid ma’no asosidagi birligi antonym juftlik deyiladi. Bunda ikki so’z bir xil so’z turkumiga oid bo’ladi: kun-tun (ot), oq-qorq (sifat), keldi-ketdi (fe’l), erta-kech (ravish). Son va olmoshda antonimik hodisa bo’lmaydi. Ko’p ma’noli so’zlar har bir ma’nosi bilan ayrim so’zlarga antonym bo’lishi mumkin: qattiq-yumshoq,qattiq- saxiy, qattiq-ko’ngilchang. Bir so’z o’zaro sinonim so’zlar bilan antonimik munosabatda bo’lishi mumkin: xafa-shod, xursand, quvnoq, xushnud.
Bir sinonimik qator boshqa sinonimik qator bilan antonym bo’lishi mumkin: chiroyli-go’zal-zebo-xushro’y-xunuk-badbashara-tasqara-ta’viya. Antonimlar tub yoki yasama bo’lishi mumkin: uzun-qisqa (tub), issiq-sovuq, gulli-begul (yasama), shirin-achchiq(tub-yasama).
Antonimlar 3 xil bo’ladi: 1.Leksik antonimlar: erta-kech. 2.Affiksal antonimlar:obro’li-beobro’. 3.Frazologik antonimlar:qo’y og’zidan cho’p olmagan-yerga ursang ko’kka sapchiydi,oq ko’ngil-ichi qora, ko’ngli joyiga tushdi-yuragiga g’ulg’ula tushdi. Agar bir so’z bilan ibora antonim bo’lsa, ular leksik va frazeologik antonimlar deyiladi: eski-ohori to’kilmagan. Shartli antonimlar ma’lum bir matnning o’zida vaqtinchalik antonim bo’lgan so’zlardir: Do’st achitib gapirar, dushman kuldirib. Badiiy adabiyotda zid ma’noli so’zlardan foydalanib tazod she’riy san’ati hosil qilinadi: Charxi kajraftorning bir shevasidin dog’man, Ayshi nodon surib, kulfatni dono tortadur. Agar antonimlar yonma-yon kelsa, ular orasiga chiziqcha qo’yiladi: urush-tinchlik.
Eslatma: 1.Fe’llardagi bo’lishli- bo’lishsizlik antonim emas: bordi-bormadi, aytdi-aytmadi. 2.Til birliklarining uslubiy xoslanganik qonuniyati sinonimlar va antonimlarni o’zaro bog’lab turadi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling