Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet30/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

1-topshiriq:Berilgan gaplar tarkibidan omonim so’zlarni aniqlang. Qaysi gap tarkibidagi shakldosh so’zlarga grammatik shakllar qo’shilganda shakldoshlik yo’qolgan?
1.Endigina bargak yozgan tolzordan mayin shamol esdi. Otaxon patnisga bir hovuch bargak va bir siqim mayiz qo’ydi. 2. O’ng qo’li bilan asta peshonasidagi terni artdi. Abdurahim pihgan qirmizi olmalarni savatga terdi. 3.Koinot bizga o’z sirlarini ochmoqda. Boshqa sayyoralardan kelgan mehmonlarning kosmik kemasi kumushsimon sir bilan qoplangan edi. 4.Ahmad ro’paradan kelayotgan yot mehmonlarga termilib qoldi. Odinaxon arslarini tayyorlab bo’lgach uyquga yotdi.
2-topshiriq: Berilgan shakldosh so’zlarning ma’nolarini toping.
Karam, adash, bo’y, yeng, yot, och, mushak, soz, son, taxt, ter, un, chakka, qil, qovoq, tuz, shim,tabiat, kuy, maqom, qora qilmoq,kamar, dovul,may, balo, qiyiq, taloq, dunyo, ortiq, savdo.
3-topshiriq:Berilgan gaplar tarkibidagi omonimlarning turkumlarini aniqlang.
1.Dutorning nozik torlaridan chiqqan “Navo” kuyi o’z nolasiga tuchunguchi Otabekdek yigitlarga juda muhtoj edi. Ipak mato rang-barang noziklar, yarqiroq pistonlar bilan bezatilgan edi. 2.Qarg’a “qag’” etadi, o’z vaqtini chog’ etadi. Kechdi qancha intizor chog’lar, asling menga bo’lmadi nasib.
Sinonimlar (ma’nodosh so’zlar). Shakli har xil, ma’nosi bir-biriga yaqin so’zlar yoki bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq ma’noli so’zlarga sinonimlar deyiladi: bahs-munozara-tortishuv-mubohasa. Sinonimlar bir ma’noni xilma-xil so’zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda, so’z sehrini namoyon etishda, nutqni bezashda, ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.Bir umumiy ma’nosi bilan o’zaro bog’lanuvchi so’zlar guruhi sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qatordagi so’zlar har doim bir xil so’z turkumi doirasida bo’ladi: yel-shamol-sabo-nasim. Ko’p ma’noli so’zlar har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorda qatnashishi mumkin:
Aytdi -gapirdi, so’zladi
Aytdi -taklif qildi, chorladi
Aytdi -kuyladi ,ijro etdi
Sinonimik qatorda so’zlar bir biridan quyidagicha farqlanadi:
1.Hissiy-ta’siriy bo’yoq nuqtai nazaridan farq qiladi.Sinonimik qatordagi so’zlar hissiy-ta’siriy bo’yoq nuqtai nazaridan 2 xil bo’ladi a) bo’yoqsiz (betaraf, neytral) b) bo’yoqdor
Bo’yoqsiz so’z muayyan tushunchani ifodalab, so’zlovchining turli munosabatini bildiruvchi, qo’shimcha ma’no jilosi bo’lmagan so’zlardir.
Yuz , kulmoq, xunuk, yaxshi, qo’shiq, yashil, tuman, barcha, yil, kun, oy. Bo’yoqdor so’zlar 2 xil bo’ladi: a)ijobiy bo’yoqdor: orombaxsh, jilmaymoq, chehra, fusunkor, dilbar.
b)salbiy bo’yoqdoq: surbet, nonko’r,imonsiz
Sinonimik qatordagi hamma uslub uchun birday qo’llana oladigan so’z dominanta (lot. hukmron, hokim) yoki sinonimik qatorning bosh so’zi deyiladi: ulug’, buyuk, katta, ulkan.
Sinonimlar quyidagicha paydo bo’ladi:

  1. Tilda yangi so’zning paydo bo’lishi bilan;

a)bunda o’zbek tilidagi so’z bilan chetdan kirib kelgan so’z sinonim bo’ladi: sevgi(o’zb )-muhabbat, ishq(arabcha), kuch(o’zb)- qudrat(arabcha), buyruq(o’zb )-amr(arabcha), manglay(o’zb) -peshona(toj), yozuvchi( o’zb) -adib(arab), ko’klam(o’zb) -bahor(toj), qo’shin(o’zb)- armiya(ruscha), ko’z(o’zb )-diyda(tojikcha). b)chetdan kirib kelgan 2 so’z o’zaro sinonim bo’ladi: harorat-(toj) temperatura (ruscha), ma’no-(arab )-mazmun(arab), izm(arab)- ixtiyor(arab), izn(arab)- ijozat,ruxsat(arab). 2.So’z yasalishi bilan ham sinonimlar hosil bo’ladi: savol-so’roq, his-tuyg’u-sezgi, chopqir-chopag’on. Sinonimlar 3 xil bo’ladi: 1.Leksik sinonimlar: bemor-xasta-betob-kasal. 2.Grammatik sinonimlar: a)morfologik: obro’li-boo’bro’; b)sintaktik: ko’ylakning guli-ko’ylakdagi gul . 3.Frazeologik sinonimlar: og’zi qulog’iga yetdi-boshi osmonga yetdi,-terisiga sig’maydi-og’zining tanobi qochdi. Agar bir so’z ibora bilan sinonim bo’lsa, leksik-frazeologik sinonim deyiladi:oriq-qulog’idan kun ko’rinadi. Leksik sinonimlar 2 xil bo’ladi: 1. To’liq sinonimlar (leksik dubletlar) ma’nosida va ishlatilishida bir-biridan farq qilmaydi: kosmos-fazo, doston-poema, tilshunoslik-lingvistika. 2.Ma’noviy sinonimlarda sinonimlar bir-biridan nozik ma’nosi bilan farq qiladi: nam-ho’l-shilta-shalabbo.
Yuqoridagilardan tashqari shartli sinonimlar ham bor. Ma’lum gap yoki matn ichidagina vaqtincha sinonim bo’lgan so’zlar shartli sinonimlar deyiladi.Masalan: go’zal – oy – gul .
Nega kerak edi shu chiroy, shu o’t
Shu yoniq yulduzni ko’zga yashirmoq.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling