II.Og’izning ochilish darajasiga(tilning gorizantal holatiga) ko’ra:
1.Tor unlilar: i,u 2. O’rta tor yoki o’rta keng : e,o’ 3. Keng unlilar: a ,o. III.Tilning vertikal holatiga ko’ra:
1)old qator: i,e,a; 2)orqa qator: u,o’,o
Eslatma:O’ unlisi ko’l, o’s, cho’l, jo’ra mo’tabar so’zlarida torroq, bo’ri , qo’ri, xo’roz , ro’mol so’zlarida kengroq aytiladi.
1-topshiriq: Og’izning ochilish darajasiga ko’ra bir guruhga kiruvchi unlilar ishtirokida so’zlar tuzing.
________________________________________________________________
_________________________________________________________________
2-topshiriq: Lablarning ishtirokiga ko’ra bir guruhga kiruvchi unlilar ishtirokida so’zlar tuzing.
_________________________________________________________________
__________________________________________________________________ Undoshlar tasnifi. O’zbek tilida 24 ta undosh tovush bor.
Eslatma: Undosh tovushlar hosil bo’lishida bo’g’iz bo’shlig’i, og’iz bo’shlig’i va til muhim ahamiyatga ega.
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan inson a’zolariga nutq a’zolari deyiladi.Nutq a’zolari: 1.O’pka. 2.Tog’aylar. 3.Un paychalari. 4. Bo’g’iz bo’shlig’i. 5.Og’iz bo’shlig’i. 6.Burun bo’shlig’i. 7.Til. 8.Lablar. 9.Tish.
Undosh tovush uch tomondan tasnif qilinadi:
I Hosil bo’lish o’rniga ko’ra. Qaysi nutq a’zosi ishtirok etishiga ko’ra nutq tovushlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Lab undoshlari: a)lab-lab: b,p,m b)lab- tish :v,f. 2.Til undoshlari: a)til oldi: d,t,s,z,ch,sh,j,n,l,r. b)til o’rta: y. d)til orqa: g,k,ng. e)chuqur til orqa: q,g’,x. 3. Bo’g’iz undoshi: h
II Hosil bo’lish usuliga ko’ra:
Portlovchi: b,p,d,t,g,k,j,q,m,n,ng.
Sirg’aluvchi: z,s,v,f,y,r,l, sh,g’,x,h.
Qorishiq: ch.(5-sinf darsligida ch harfi portlovchi deb berilgan)
III Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra:
Do'stlaringiz bilan baham: |