Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet4/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Qarluq lahjasi shahar shevalarini o’z ichiga oladi. Bu shevalarning fonetik va morfologik belgilari: 1)so’zlar oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak- elay, terak-terey; 2) ayrim so’zlarda a tovushi o tarzida aytiladi: aka- oka, Shavkat-Shovkat; 3)-ning o’rnida –ni ishlatiladi: ukamning kitobi- ukamni kitobi.
Qipchoq lahjasi qishloq shevalaridir. Belgilari quyidagilar:

  1. y o’rnida j ishlatiladi:yo’l- jo’l, yugurib- jugurib;

  2. g’ o’rnida v ishlatiladi: tog’ –tov, sog’- sov;

  3. ayrim so’zlar oxirida q tushiriladi: quruq- quri, sariq- sari.

O’g’iz lahjasi Xorazm viloyatida yashovchi aholilarning shevalaridir. Belgilari quyidagilar:
1)unlilar qisqa va cho’ziq aytiladi: at(hayvon) aad(ism) 2)k o’rnida g, t o’rnida d ishlatiladi: kel- gal, tosh- dosh; 3)-ning qo’shimchasi –ing, -ga qo’shimchasi –a, -na tarzida aytiladi: bozoring(ning) oldi, qo’liga- qo’lina, yorimga- yorima.
Eslatma: Hozirgi o’zbek tiliga qarluq lahjasiga kiradigan Farg’ona- Toshkent shevalari asos qilib olingan. Toshkent fonetik jihatdan, Farg’ona morfologik jihatdan.
Eslatma: 1995-yil 21 –dekabrda “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Qonunning 2-4-6-10-14 – moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilinishi himoya qilinadi.
O’zbek tilshunosligi bo’limlari

  1. Fonetika-nutq tovushlari, tovush o’zgarishlari, bo’g’in va urg’u.

  2. Orfoepiya- to’g’ri talaffuz me’yori.

  3. Grafika- harf, alifbo, yozuv.

  4. Orfografiya(imlo)- to’g’ri yozish.

  5. Leksikologiya- so’z va uning ma’nolari, so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari, o’z va ko’chma ma’no.

  6. Frazeologiya- ibora.

  7. Dialektologiya- shevalar.

  8. Leksikografiya- lug’t va uning turlari.

  9. Morfemika-asos va qo’shimchalar.

  10. Grammatika: a) morfologiya- so’z turkumlari, b) sintaksis- so’z birikmasi va gap.

  11. Punktuatsiya- tinish belgilari.

  12. Stilistika- nutq uslublari.

  13. Etimologiya- so’zlarning kelib chiqishi.

  14. Onomastika - nomshunoslik



Fonetika
Fonetika (grekcha “phone” –“tovush” so’zidan olingan) tilshunoslikmimg tovushlar tizimi to’g’risidagi bo’limdir. Lekin fonetika tabiatdagi har qanday tovushlarni emas, balki faqat insonga xos bo’lgan nutq tovushlarini o’rganadi. So’zlash va yozish orqali ma’lum fikr bayon qilishimiz nutq hisoblanadi. Nutq 2 yo’l bilan amalga oshiriladi: 1)og’zaki; 2)yozma. Biz bir- birimizga tovush to’lqinlari orqali axborot yetkazamiz. Axborot uzatuvchi- so’zlovchi, yetkazuvchi esa tinglovchi sanaladi. Ruhshunos P.Pavlov 2-signal sistemasi nutq orqali bilishdir degan.
Eslatma: Nutq va tilni birinchi bo’lib Ferdenand de Sossyur farqlab bergan. Til- umumiylik, imkoniyat, mohiyat, sabab. Nutq –xususiylik, hodisa, voqelik, oqibat.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling