Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Jarangli: b, d ,v, g, z, g’, j, (j ), y, l,m,n,ng,r Jarangsiz
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma : B va m
- Qo’sh va qator tovushlar imlosi.
Jarangli: b, d ,v, g, z, g’, j, (j ), y, l,m,n,ng,r
Jarangsiz: p, t ,f, k, s, x, ch,sh, q, h. Burun tovushlari:m,n,ng. Yon tovush: l. Titroq tovush: r Eslatma: Yuqoridagilardan tashqari undosh tovushlar yana quyidagicha tasnif qilinadi: 1.Hosil bo’lish o’rniga ko’ra. 2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra. 3.Un paychalarining ishtirokiga ko’ra(jarangli va jarangsiz). 4. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra (ovozdorlar(sonorlar:m,n,l,r,ng) va shovqinlilar).5. Tarkibiga ko’ra(sof va qorishiq). Eslatma: B va m harflaridan oldin kelgan n harfi m holida o’qiladi, lekin n yoziladi. Masalan: shanba, manman. 1-topshiriq: Hosil bo’lish o’rniga ko’ra birlashtiruvchi belgiga ega undoshlardan tashkil topgan so’zlar tuzing. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 2-topshiriq: Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra farqlovchi belgiga ega undoshlardan tuzilgan so’zlarga misol keltiring. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Qo’sh va qator tovushlar imlosi. O’zbek tilida unli tovushlar ham undosh tovushlar ham qo’sh yoki qator kelishi mumkin. Unli tovushlardan i, u, o,a tovushlari qo’sh holda uchraydi: tabiiy, shuur, inshoot, mudofaa. Quyidagi so’zlarni qator unlilarga misol qilishimiz mumkin: muallim, saodat, maorif… Eslatma: Ba’zan qator kelgan unlilar o’rtasiga ayrim undosh tovushlarni qo’shib talaffuz qilish hollari ham kuzatiladi. Masalan: soat so’zi Farg’nada sohat, Toshkentda sog’at tarzida talaffuz qilinadi. 1-topshiriq: Qo’sh va qator unli qatnashgan so’zlarga misol keltiring. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlardir. Masalan: ikki, chaqqon, million, metall. Eslatma: Qo’sh undosh bilan tugagan so’zlarga shunday tovush bilan boshlanadigan qo’shimcha qo’shilsa,oxirgi undoshlardan biri tushiriladi. M-n: metall+lar=metallar, gramm+mi=grammi. Ikkita har xil undoshning bir bo’g’inda yonma-yon kelishi qator undosh deyiladi. Masalan: taxt, daraxt. Ikki har xil undosh juda ko’p so’zlarda yonma-yon kelishi mumkin: paxta, nimcha. Lekin ular qator undosh hisoblanmaydi. Chunki ular bir bo’g’inda emas. Eslatma: da-raxt qator undosh, da-rax-ti qator undosh emas. So’z oxirida va boshida qator kelgan undoshli so’zlar chetdan kirib kelgan so’zlardir. M-n: traktor, stol, go’sht, barg, musht. 2-topshiriq: Qo’sh va qator undosh qatnashgan so’zlarga misol keltiring. ____________________________________________________________________________________________________________________________________ Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling