Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq
- Leksemalar
So’z va leksema. Nutqimiz so’zlarning qo’shiluvidan hosil bo’ladi.So’z bo’lishi uchun tovushlar birikmasining o’zigina kifoya qilmaydi. Ma’lum tovush va tovushlar birikmasi ma’no bilan bog’langandagina so’zga aylanadi. Demak, so’zning 2tomoni mavjud: a)moddiy tomoni (tovush yoki harflar ketma-ketligi), b)ma’no tomoni ma’lum ma’no bilan bog’langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so’z deyiladi. Har bir so’zning 2 xil ma’nosi bo’ladi: 1.Atash ma’no (leksik ,lug’aviy ma’no) 2.Grammatik ma’no. So’zning borliqdagi narsa, belgi, harakat, son kabilar haqidagi ma’lumoti atash ma’no deyiladi: soat, yetti, yurmoq, non. Atash ma’no narsa, belgi, harakatning aynan ozini emas, balki ular haqidagi umumiy tushunchani ifodalaydi: uy (yashash uchun quriladigan inshoot), quyosh (osmon jismi), qizil (rang). Grammatik ma’no so’zning u yoki bu turkumga mansubligini ko’rsatuvchi ma’nodir: daraxt so’zi ot turkumiga mansub. So’zlarning grammatik ma’nosi morfologiya bo’limida o’rganiladi. Demak,nutq jarayonida har bir so’z leksik va grammatik ma’nolar uyg’unligidan tashkil topadi.
1-topshiriq: Bog’, sakkiz, aytmoq, jigarrang, mana, sekin, hamda, faqat, kabi,voy. Berilgan so’zlarning leksik va grammatik ma’nolrini aniqlang. __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Grammatik ma’nosiz, faqat atash ma’no bildiruvchi so’zning qismi uchun leksema atamasi qo’llanadi. Bunda so’z morfologiya birligi sifatida, leksema esa leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi. Gap tarkibidan so’zlarni ajratamiz. So’zlar esa leksema va grammatik qo’shimchalarga bo’linadi. So’zning grammatik ma’no bildiruvchi qo’shimchalarsiz qismi leksema sanaladi. Lug’atlarda bosh so’z sifatida leksemalar beriladi. Leksemalar: ona, keng, sariq, ko’p. Agar bu so’zlar gap tarkibiga kirsa so’z hisoblanadi: Onam keng o’tloqlardan sariq gullarni terdi. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling