Variantdosh so’zlar o’zbek tilida ba’zi so’zlar ikki xil shaklda yoziladi. Bular variantdosh so’zlar deyiladi:
shabada-shabboda masjid-machit podshoh-podsho obro’-obro’y hayqirmoq-ayqirmoq nabira-nevara poyafzal-poyabzal badtar-battar bekindi-berkindi kabutar-kaptar oyna-oynak ma’tal-mahtal dumaloq-yumaloq qabariq-qavariq gado-gadoy adab-odob bedav-bedov darboza-darvoza chivin-chibin algebra-aljabr yuqa-yupqa ajdar-ajdarho-ajdaho
Uyadosh so’zlar bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo’lgan so’zlar uyadosh so’zlar deyiladi. M-n: qo’y-qo’zichoq, qora ko’l terisi, sovliq, qo’chqor, qo’ychivon. Uyadosh so’zlarni sinonimlardan farqlash kerak. Sinonimlar bir tushunchaning turli qirralarini ifodalaydi. Uyadosh so’zlar esa bir-biriga yaqin tushunchalarni ifodalaydi. M-n: millat-o’zbek, qozoq, qirg’iz…
O’zbek tili lug’at boyligida o’z va o’zlashgan qatlam. Lug’at tarkibida so’zlar 2xil bo’ladi: 1.O’z qatlam 2.O’zlashgan qatlam O’z qatlamga asl turkiy va o’zbekcha so’zlar kiradi. O’z qatlamga oid so’zlarda quyidagi xususiyatlar bo’ladi: 1. Asosan bir bo’g’inli bo’ladi: men, kel, suv, bosh, kim. 2.So’z boshi va oxirida undoshlar qatorlashib kelmaydi. 3. Birinchi bo’g’indan keyingi bo’g’in unli tovush bilan boshlanmaydi. 4.Hech qachon (‘) ishlatilmaydi. 5. h, f, dj, ts harflari ishlatilmaydi. 6.So’z boshida l,v,r harflari kelmaydi. O’zbekcha so’zlar: tosh , tog’, cho’ntak, quyosh, novvos, muqova, erta, yaxshi, to’n, so’ri, indin, uch, kishi, sakkiz, ko’k, qora. O’zlashgan qatlamga ruscha, arabcha, fors-tojikcha va shu kabilar kiradi. Tojikcha so’zlar: naho, gul, shirin, bahor, oftob, kamtar, osmon, dasturxon, obdasta, gugurt, sarkarda, choyshab, poyandoz, paypoq, panjara, g’isht, poydevor, narvon, doston, farzand, chorpoya, dehqon, chopon, kissa, dazmol, ro’za, buqa.
Arabcha so’zlar: kitob, maktab, majlis, sarf, harakat, mehnat, ovqat, g’alla, asal, hasharot, sinf, odam, inson, oila, sir, hujum, dars, ruxsat, shoir, qoida, huquq, sobiq, sehr.
Do'stlaringiz bilan baham: |