Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
- Shevaga xos so’zlar
- Evfemizmlar
Ruscha so’zlar: brigada, kino, temperature, telefon.
Xitoycha so’zlar: manti, lag’mon, shiypon. Tarixiylik jihatdan o’zbek tili leksikasi 3 xil bo’ladi: 1. Zamonaviy . 2. Eskirgan. 3. Yangi. Zamonaviy qatlam eskilik yoki yangilik bo’yog’iga ega bo’lmagan so’zlardan iborat: respublika. Eskirgan qatlam tilimizning ma’lum davrida qo’llanilib, hozirgi kunda qo’llanilmaydigan so’zlardan iborat. Ular 2 xil yo’l bilan amalga oshiriladi: a)istorizm (tarixiy so’zlar); b)arxaizm (arxaik so’zlar). Istorizmlar so’z o’zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi: qul, cho’ri, bakavul, yasavulboshi,hojib(eshik og’asi),degrez (cho’yandan qozon qiluvchi), yorg’ichoq (donni maydalash va un qilish uchun ishlatiladigan tosh asbob). Arxaizmlarda so’z eskiradi, tushuncha saqlanadi va u boshqa so’z bilan nomlanadi: aso-hassa, lang-cho’loq, muhoraba-urush, firqa-partiya,payg’om-xabar, bog’ot-bog’lar, gisu-soch. Eslatma: Qadimda qo’shimchalar quyidagicha bo’lgan: tushum kelishigi:-(i)g, -(i)g’; jo’nalish kelishigi: -ra, -ru, (-garu, -karu, -qaru), vosita kelishigi: -(i)n. Yangi qatlam: planshet, internet. So’zlarning qo’llanish doirasiga ko’ra 2 xil turi bor: a) umumiy (chegaralanmagan)so’zlar; b)chegaralangan so’zlar. Umumiy so’zlar hamma uchun tushunarli bo’lgan nutqimizdagi barcha so’zlardir. M-n: ona,non Chegaralangan so’zlarga quyidagilar kiradi: 1.Shevaga xos so’zlar 2.Atamalar (terminlar). Ma’lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llaniladigan so’zlardir. Atamalar qo’llanilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 1)ilmiy atamalar: hujayra, fonema, kasr, fe’l. 2)kasb-hunar atamalari: andava, shpatel, oboy, tyaga. Ilmiy terminlar ikki xil yo’l bilan hosil qilinadi: a)umumxalq tilidagi so’zlardan ma’noni maxsuslashtirish orqali:qo’shish, ayrish, ildiz,tekislik; b)boshqa tillardagi terminlarni o’zlashtirish orqali: fonetika, biznes, virus. 3.Noadabiy qatlam jonli nutqda uchraydigan, lekin keng iste’molda qo’llanilmay, uslubiy ma’noda ayrim shaxslarning xulq-atvorini, tabiatini ko’rsatadigan so’zlardir: innaykeyin, xo’p bo’ladi, shu desangiz, endi, xo’sh, deylik. 4. Jargonlar yuqori tabaqa vakillari uchun tushunarli bo’lgan so’z va iboralardir:Zoti oliylari, volidayi muhtarama, padari buzrukvorimiz. 5.Argolar qiziqishlari, mashg’ulotlari, ba’zan yoshlari bir xil, juda tor doiraga mansub kishilar qo’llaydigan, ma’nosi shu kishilargagina tushunarli bo’lgan so’z va iboralardir: qaychi-taftishchi, kolxoz-chiptasiz yo’lovchi (temiryo’lchilar argosi). 6.Evfemizmlar qo’pol, beodob, noqulay so’z va so’z birikmalarini so’zlashuv tiliga xos qulay so’zlarga almashtirishdir: xotin oldi-uylandi, o’ldi-vafot etdi. Madaniy nutq sohibi o’z fikrini chiroyli va kishi ko’ngliga og’ir botmaydigan qilib ifoda etadi. Fikrni og’ir botmaydigan, tinglovchiga malol kelmaydigan qilib ifodalash vositalari evfemizm (grek tilida bu so’z “yumshoq gapirmoq” ma’nosida qo’llangan) deyiladi. Masalan, yomon bo’libdi degandan ko’ra yaxshi bo’lmabdi deyish, kasal ifodasidan ko’ra mazasi yo’q deyilsa, kishi ko’ngliga qattiq botmaydi. Evfemizmni o’rinli qo’llash kishining madaniyatli ekanligini bildiradi. Turmush o’rtog’ingiz ismini aytmaslik (masalan: dadasi, dadajonisi, oyisi deyish yoki katta farzandining ismi bilan chaqirish), sizlash kabilarni ham evfemizmga misol qilish mumkin. Evfemizmning aksi disfemizm (grek tilida bu so’z “qo’pol gapirmoq” ma’nosida qo’llangan) deyiladi. Masalan, yomon bo’libdi tushunchasi uchun qo’llangan rasvo bo’libdi, kasal tushunchasi uchun qo’llangan dard uribdi ifodalari disfemizmga misol.Nutqda disfemizmni ko’p qo’llash kishining madaniyatsiz ekanini ko’rsatadi. Demak, disfemizm va evfemizm ikki chekkada, betaraf ifoda esa ular o’rtasida turadi: joni chiqdi – o’ldi – uzildi. 7.Tabu man etilgan, aynan aytilmaydigan so’zlardir: qizamiq-gul, chayon-eshak yoki gajak, ilon-arqon, hurmat asosidagi sen o’rniga siz ishlatilishi ham tabuga kiradi Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling