Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet42/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

4-topshiriq: -lar qo’shimchasi bilan kelgan otlarning qanday ma’no anglatayotganini aniqlang.
1.Ko’zlarim hali harf tanimas edi, qalam ushlolmasdi hali qo’llarim. Kapalak izidan quvib tinmasdan, Yulduzlarni sanar edim tunlari.2.Shavkatlarning kattagina uzumzor bog’I bor. 3.dadamlar: - Xo’sh, qalay, bu yerlar oqdimi? Hamma yoq sokin. Qushlar, baliqlar – bizniki, - dedilar. 4. Bahor keldi. Ariqlarda suvlar to’lib, sharqirab oqa boshladi.
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
5-topshiriq: -lar qo’shimchasi ishtirokida gaplar tuzing va qanday ma’no anglatayotganligini aniqlang.
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


Egalik shakllari
Nutqimizda 3 ta shaxs bor: 1-shaxs so’zlovchi; 2-shaxs tinglovchi, 3-shaxs o’zga. Otlarning uchala shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildirgan qo’shimchalar egalik qo’shimchalari deyiladi.Ot va otlashgan so’zlarning egalik qo’shimchalari bilan shaxs va sonda o’zgarishi turlanish deyiladi. Birlik Ko’plik I shaxs –m, -im -miz, -imiz IIshaxs -ng, -ing -ngiz, -ingiz IIIshaxs -si, -i -(lar)i Eslatma:Egalik qo’shimchasining II shaxs ko’plik shaklida 3 ta morfologik varianti mavjud: uyingiz, uylaring, uyinglar. Ba’zi so’zlarda egalik qo’shimchasi ketma-ket tarzda qo’shillishi mumkin. Bu III shaxs egalik qo’shimchasini qo’shganda yuz beradi: yarim+i+si=yarmisi, singlisi. Egalik qo’shimchalarining III shaxsi birlik va ko’plik uchun umumiydir: uning uyi – ularning uyi.
Egalik qo’shimchalari ayrim otlarga qo’shilsa, quyidagicha o’zgarish bo’ladi: -tovush tushishi: zahri, burni, qorni. tovush almashishi: elagi, qishlog’i. Ko’p bo’g’inli o’zlashma so’zlarga, bir bo’g’inli ko’pchilik so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda k,q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: huquqi, erki, ishtiroki, idrokim.
tovush ortilishi, o,o’,u,e unlilari bilan tugaydigan so’zlarga egalik qo’shimchalari quyidagicha qo’shiladi: a)ko’pchilik so’zlarga egalik qo’shimchalari tovush orttirmay qo’shiladi: bobong, bobosi, bobongiz, orzum, orzung, orzumiz. b) parvo, obro’, mavqe, mavzu, avzo so’zlarga I,II shaxs egalik qo’shimchalari qo’shilganda bir y tovushi qo’shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoyingiz, obro’yim, obro’ying, mavqeyim, mavqeyingiz, mavzuyimiz, mavzuyingiz, avzoyingiz III shaxs egalik qo’shimchasi parvo, avzo,obro’ mavqe so’zlariga -yi shaklida,xudo, mavzu so’zlariga esa -si shaklida qo’shiladi: parvoyi, avzoyi,obro’yi, mavqeyi mavzusi, xudosi. Eslatma.Egalik qo’shimchalarining I-II shaxs ko’pligi ba’zan belgisiz (qo’shimcha tushib qoladi) qo’llanishi mumkin: bizning litseyimiz – bizning litsey, sizning uyingiz – sizning uy.
Egalik shakllari quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1. Qarashlilik ma’nosini: Kitobing juda qiziqarli ekan. 2. Xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini: Bobur bog’i, Orol dengizi. 3. Harakat bajaruvchining shaxs va sonini bildiradi. Bunda egalik qo’shimchasi sifatdosh yoki harakat nomiga qo’shiladi: O’qiganlarim bekorga ketmadi (mening).
4. Ba’zi so’zlarga qo’shilib o’z ma’nosini yo’qotgan: Tuni bilan yig’lab chiqdi.
Egalik qo’shimchalari sintaktik shakl yasovchilarga mansub.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling