Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet43/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

6-topshiriq: Berilgan gaplarda qo’llangan egalik qo’shimchalari qanday ma’no bildirganligini aniqlang.
1.Ko’raman kirmaganingni, - dedi Bo’taboy otlanayotib.2.Olmaning ikki pallasidek yarashgansizlar. 3.Latofatning savoli to’satdan berilgan bo’lsa ham, Fazilat qizining gapini ilg’ab oldi. 4.Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi. 5.”Bobur”
bog’i Toshkent shahrining markazida joylashgan. 6.Kecha dam olishimiz juda maroqli o’tdi. 7.Xuddi aytganimdek bo’ldi.8. Mehnat qilib topganing – Qand-u asal totganing. 9.Kunduz kunlari ishlaringni bajargin-da, tunlari damingni ol.


Kelishik shaklari
Otlarga qo’shilib, ularni o’zidan keyin kelgan boshqa so’zlarga tobelantirib bog’lab keladigan qo’shimchalar kelishik qo’shimchalari deyiladi va kelishik shakllari doimo tobe so’zga qo’shiladi. Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi turlanish deyiladi.O’zbek tilida 6ta kelishik bor: 1. Bosh kelishik: ____ kim?, nima?, qayer? 2. Tushum kelishigi: -ni kimni? nimani? qayerni? 3. Qaratqich kelishigi: -ning kimning? nimaning? qayerning? 4.Jo’nalish kelishigi: -ga (-ka, -qa) kimga? nimaga? qayerga? 5. O’rin-payt: -da kimda? nimada? qayerda? 6. Chiqish kelishigi: kimdan? nimadan? qayerdan? Kelishik qo’shimchalari otga xos. Otlashgan so’zlar, olmosh va harakat nomi ham kelishik qo’shimchalarini oladi. Bosh kelishik gapda ega, kesim, hol, sifatlovchi aniqlovchi, undalma bo’lib keladi. Qaratqich kelishigi ot (otlashgan so’z, olmosh) bilan otni bog’laydi. M-n: do’stimning kitobi, o’tirganlarning barchasi. Qaratqich kelishigini olgan ot qaratqich, u bog’langan so’z esa qaralmish deyiladi. M-n: olmaning (qaratqich)rangi(qaralmish).Qaratqich kelishigi ba’zan belgisiz holda qo’llanilishi mumkin: kitob(ning) varag’i, daraxt(ning) bargi. Eslatma: Qaratqich kelishigi belgili qo’llanilsa xususiylik, belgisiz qo’llanilsa umumiylik ma’nosini bildiradi. Lekin qaratqich va qaralmish o’rtasida so’z ishtirok etganida, u belgili shaklda qo’llaniladi: insonning yuksak orzusi. Shuningdek, qaratqich kelishigi atoqli otlar, olmoshlar va sifatdoshlarga qo’shilganda tushib qolmaydi.M-n: Bahoraning kitobi, hammaning fikri. Qaratqich kelishiga she’riyatda qisqargan shaklda kelishi mumkin: Yer kurrasin boshin tang’idik.(Bu gapda qaratqich va tushum kelishigi omonim qo’shimcha hisoblanadi.) Bu holat belgili qo’llanish hisoblanadi. Jizzax shahri, dekabr oyi, Navoiy ko’chasi, meva daraxti, o’zbek xalqi kabi birikmalarning 2-qismida egalik qo’shimchasi bo’lgani bilan qaratqich kelishigi belgisiz qo’llanildi deyolmaymiz. Bu birikmalardagi 1-qismda qo’llanilgan so’zlarning barchasi bosh kelishikda. Chunki bu birikmalarda qarashlilik ma’nosi bo’lmay, xoslik, umumdan ajralganlik ma’nosi bor.
Gapda qaratqich aniqlovchi bo’lib keladi. Tushum kelishigi ot (olmosh, otlashgan so’z) bilan o’timli fe’lni bog’laydi. M-n: yaxshini maqtadi, kitobni o’qidi.Gapda vositasiz to’ldiruvchi vazifasida keladi. Eski o’zbek tilida tushum kelishigi –g, -ig, -g’, -ig’ tarzida bo’lgan. Tushum kelishigi ham belgisiz ishlatilishi mumkin.M-n: non (ni) oldim. Agar tushum kelishigidagi so’z bilan o’timli fe’l o’rtasida boshqa bir so’z qo’llanilsa, tushum kelishigi belgili ishlatiladi: uyni tozalab supurmoq. Atoqli otlar, shaxs otlari, olmoshlar, otlashgan so’zlar faqat belgili qo’llaniladi: Qalandarovni ko’rdi, shifokorni chaqirdi, hammani yig’di, uchrashuvni kechiktirdi. Tushum kelishigi qo’shimchasi ham qisqargan shaklga ega: Dardin to’kdi bechora oshiq.(qaratqich va tushum kelishigida qisqargan shaklda har doim uning oldidan III shaxs egalik qo’shimchasi bo’ladi: Bu o’zbek xalqin tuprog’i) Bu holat belgili hisoblanadi. Jo’nalish kelishigi ham ot bilan fe’lni bog’laydi.Boshqa so’z turkumlarini ham bog’lashi mumkin. M-n: uyga ketdi, menga yaxshi, hammaga berdi. Gapda vositali to’ldiruvchi, hol, kesim vazifasida keladi. Eski o’zbek tilida -ru, -karu, -qaru, -g’aru shaklida berilgan.
Jo’nalish kelishigi k undoshi bilan tugagan so’zlarga -ka tarzida (kurakka, tilakka), q undoshi bilan tugagan so’zlarga -qa tarzida (buloqqa, yotoqqa) qo’shiladi. Qolgan barcha hollarda so’z qanday tovush bilan tugashidan qat’i nazar -ga qo’shiladi: bog’ga, pedagogga. Jo’nalish kelishigi ham belgisiz ishlatilishi mumkin: bozor (ga) ketdi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling