Otlarning ma’no jihatdan turlari 2 xil: atoqli ot, turdosh ot.
Atoqli otlar. Bir xildagi predmetlarning birini ajratib ko’rsatuvchi yoki yakka shaxs, narsa, joy, mahsulot, tashkilot va muassasa nomlarini ifodalab kelgan otlar atoqli ot deyiladi. Atoqli otlar har doim bosh harf bilan yoziladi. Insonlarning ismi, otasining ismi, familyasi, taxallusini bildiruvchi otlar shaxs nomlari deyiladi. Atoqli otlarning ko’pchiligi turdosh otlardan, ma’lum qismi esa boshqa turkumga oid so’zlardan paydo bo’ladi: Turdosh otlardan: Arslon, Bahora, Kumush, Yulduz, Malika, Nishon, Boltaboy Sifatlardan:Shirin, Aziz, Go’zal, Muqaddas, Ozoda, Nafisa, Sulton… Sonlardan: Oltmishboy, Yetmishboy, Saksonboy, To’qsonboy… Fe’llardan: Ergash, Tirkash, Turdi, Sotiboldi, Xudoyberdi, Suyar, Sevara, To’xtasin, Ulbo’sin… Undov so’zlardan: Rahmat, Marhamat, Marhabo… Olmoshdan: Kimsan. Ravishdan: Muqaddam. Ba’zi atoqli otlar turdosh otga o’tishi mumkin: amper, nyuton, rentgen, volt, vat.
Turdosh otlar. Bir turdagi shaxs, narsa, o’rin –joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar turdosh otlar sanaladi. Turdosh otlar quyidagilar: Shaxs otlari. Shaxs otlari kim? so’roqlariga javob bo’lib, shaxslarni yoshiga, joyiga, mansub unvoniga, kasb-koriga, ijtimoiy holatiga, qarindoshlik darajasiga, nasl-nasabiga ko’ra nomlab keladi. Masalan: Shavkat eng oldin enasi bilan quchoqlashib, xayr-xo’shlashdi. Bir hovli bola dupir-dupir qilib to’rt tarafga yugurib ketdi.
Narsa otlari. Nima? so’rog’iga javob bo’lib, jonli va jonsiz narsalarning nomlarini bildirgan otlarga narsa otlar deyiladi.Masalan, arslon, sho’rva, ko’ylak, yulduz, ayiq, yalpiz, bo’ri, shim, tesha.
O’rin-joy otlari. Qayer? so’rog’iga javob bo’lib, o’rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlar sanaladi. Bunda otlar o’rin-joy ma’nosi bilan birga narsalik ma’nosini ham bildiradi. Shuning uchun qayer? so’rog’i bilan birga nima? so’rog’ini ham olishi mumkin.M:Hamma maktab tomon shashardi.Tog’dagi sayr hammaga yoqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |