Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
- Sifatlarda daraja shakli.
- Oddiy daraja
Asliy va nisbiy sifatlar Asliy sifatlar belgini to’g’ridan to’g’ri ifodalaydi va uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladi. M-n: aqlli, oq, katta,yuzaki. Nisbiy sifatlar belgini to’g’ridan to’g’ri emas, balki boshqa tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lmagan sifatlardir: qishki, ko’chma, derazali, devoriy, ruscha, ko’rinmas, ko’ylakchan.
Eslatma: Ulug’ va buyuk ma’nodosh, lekin ulkan va gigant ma’nodosh emas. Odam so’zi ulug’, buyuk, ulkan sifatlarini qabul qiladi. Gigant binolarga xoslangan. 2-topshiriq: Berilgan gaplar tarkibidan sifatlarni toping, ularni asliy va nisbiy sifatlarga va ma’no guruhlariga ajrating. 1.Xalqimiz qadimdan shu zaminga kuchli mehr, yuksak madaniyat ila munosabatda bo’ganlar. 2.Kampirning bu so’zlarida cheksiz mehr, allaqanday nozik ichki bir dard bor edi. 3.Elchi o’rnidan turib, yuzlari cho’zinchoq, ko’zlari katta, novchadan kelgan Siparganizga ta’zim qildi. 4.Kelinga ko’zimiz tushadi: yumaloq qip-qizil loladay yuzli, ko’zlari uchqunli, yaxshigina, go’zalgina qiz. 5.Sadafbibi qoramag’’izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko’zlari qop-qora. 6.Bobur temuriylar sulolasining so’nggi, qolaversa, yirik va jasur vakili edi. ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Sifatlarda daraja shakli. Sifatlar belgini har xil darajada bildirishi mumkin: me’yoriy-o’rta darajada, me’yordan kuchli yoki kuchsiz. Bir belgining narsa-buyumlar orasida ortiq-kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajalari deyiladi. Sifatlarda 4 xil daraja bor: 1. Oddiy daraja. 2. Qiyosiy daraja.3. Orttirma (kuchaytirma) daraja.4. Ozaytirma Oddiy daraja. Belgining ortiq-kamlik munosabati ifodalanmaydigan sifatlar oddiy darajadagi sifat deyiladi. Ular belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiradi va boshqa darajalar uchun asos bo’ladi. Oddiy darajaning maxsus ko’rsatkichi yo’q: ishchan, yaxshi, ulkan, serhosil. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling