Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-topshiriq
- Sifatlarning yasalishi.
- Sifatlarning tuzilishiga ko’ra turlari
- Sonning morfologik xususiyatlari
- Sonning sintaktik xususiyatlari
Sifatlarning otlashishi. Ba’zan gapda sifat bog’langan ot tushib qolishi mumkin. Bunda sifat otlashib, otning ma’nosi ham sifatga yuklanadi: Baxil (kishi)ning bog’i ko’karmas. Sifat otlashganda otning so’roqlariga javob bo’ladi. Egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi. Gapda ega, to’ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi, undalma bo’lib keladi. M-n: Qozonga yaqin yursang, qora (kuya)si yuqadi. Yomon (odam)dan dog’ qoladi.
4-topshiriq:Berilgan gaplardagi sifatlarni otlashtiring. 1.Sinfimizda a’lochi o’quvchilar soni tobora ortib bormoqda. 2.Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega bo’ladilar. 3.Oramizda bilimdon yoshlar ko’p. 4.Dangasa odamning bahonasi tayyor. _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Sifatlarning yasalishi.Sifatlar 2 xil yo’l bilan yasaladi: 1. Morfologik (affiksatsiya) usulda asosga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shilib sifatlar yasaladi: bilimsiz, topqir, bearmon, boobro’, ommabop, gapdon. Eslatma: -li, -dor,ba-, -ser, -mand qo’shimchalari asosda ifodalangan belgiga egalikni bildiradi. - no, be-, -siz qo’shimchalari asosda ifodalangan belgiga ega emaslikni bildiradi. Bu qo’shimchalar (-mand qo’shimchasidan tashqari) bir biri bilan zid ma’nolidir.–gi, -ki, -qi qo’shimchalari payt bildiruvchi otarga qo’shilib, paytga xos belgini, -simon o’xshashlik belgisini, -iy, -viy xoslik belgisini bildiradi. 2. Sintaktik (kompozitsiya) usulida qo’shma sifatlar yasaladi.M-n: qimmatbaho (sifat+ot), xomsemiz(sifat+sifat), osmono’par (ot+fe’l), tezuchar (ravish+fe’l), kamqon (ravish+ot) Eslatma: Sifatlar o’rnida boshqa so’zlar qo’llanilishi mumkin: kelishgan (sifatdosh) qiz, oqilona (ravish) maslahat, kumush(ot) qish. Ba’zan sifat takrorlanib, ravishga o’tishi mumkin: to’g’ridan to’g’ri, yangidan yangi. Ba’zi sifatlar otga ko’chgan: chol, kampir, o’g’il, qiz, kasal. M: Tohir kelib kasalning oyog’iga o’tirdi. Sifatlarning tuzilishiga ko’ra turlari. Sifatlar tuzilishiga ko’ra 4 xil bo’ladi: 1. Sodda sifatlar: a)sodda tub: yaxshi, semiz, muattar; b)sodda yasama: aqlli, sertashvish, erkin. 2. Qo’shma sifatlar 2 yoki undan ortiq so’zning qo’shilishidan hosil bo’ladi.M-n: sofdil, xomkalla, mushtumzo’r, qorasoch, yolg’izoyoq. 3. Juft sifatlar: yaxshi-yomon, katta-kichik, shirin-shakar. 4. Takroriy sifatlar: baland-baland, katta-katta, yirik-yirik. Takroriy sifatar belgini ta’kidlab, kuchaytirib ifodalaydi. Son Predmetning sanog’ini, tartibini, sonning nomini bildirib, nechta? qancha? nechanchi? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi so’zlar son deyiladi.Sonlar, asosan, otga bog’lanadi: 5ta olma, minglab bolalar. Sonning morfologik xususiyatlari: 1. Sonlarda uning ma’no turlarini hosil qiluvchi grammatik shakllar mavjud: yetti (-ta, -tadan); 2. Sonlar hisob so’zlar (numerativ) bilan ishlatiladi: qisim,tilik, sm, tonna, guruh; 3. Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar sonlarning hamma turlariga otlardagidek qo’shilavermaydi. Taqsim sonlar kelishik qo’shimchalarini umuman olmaydi. 4. Sonlar yasalmaydi, lekin yasalish uchun asos bo’ladi. M-n: birlik, uchlik (ot), birlash, ikkilan (fe’l). Ba’zi sonlar hech qanday qo’shimchalarsiz ot vazifasida qo’llanishi mumkin: qirq, yigirma, yetti (marosim). Sonning sintaktik xususiyatlari : 1. Sonlar, ko’pincha, otga bog’lanib aniqlovchi bo’lib keladi: Do’kondan to’rtta kitob oldim. 2. Sonlar deyarli o’ziga aniqlovchi olmaydi, ba’zan olishi mumkin: Ustozim semiz “4” qo’ydi. 3. Ba’zan son va sifat birgalikda otning aniqlovchisi bo’lib keladi. Bunda birinchi son, keyin sifat keladi: To’rtta qizil gul sovg’a qildim . 4. Son kesim vazifasida ham keladi: Hammamizning maqsadimiz bitta. 5.Otlashganda ega, qaratqich aniqlovchi va to’ldiruvchi vazifasida keladi. M:Uchalasi suvga ketdi.Mingning xohishi g’olib chiqdi. Birni kessang, o’nni ek. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling