Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-topshiriq
Hisob so’zlar. Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida qo’llanib bu narsaning o’lcho’vini bildirgan so’zlar hisob so’zlar deyiladi. O’lchov so’zlar ko’pincha ot turkumidagi so’zlardan iborat bo’ladi. Ular quyidagilar: 1.Narsani donalab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so’zlar: dona, nusxa, bosh, tup, nafar.
2. Butunning, to’daning, guruhning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so’zlar: burda, parcha, varaq, og’iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, poy, shingil, qultum, tomchi, qatra, chaqmoq(qandga), nimta, to’g’ram, karch. 3. To’dalab, guruhlab ko’rsatuvchi hisob so’zlar:gala, to’da, guruh, dasta, bog’, quchoq, shoda, to’p. 4. Juft predmetlar hisobini bildiruvchi hisob so’zlar: juft, par. 5. Og’irlikni bildiruvchi hisob so’zlar: mg, gr,kg, st, t, l. Eskirgan shakli: misqol, botmon, qadoq, paysa,dahsar. 6. Uzunlik uchun ishlatiladigan hisob so’zlar:mm, sm, dm, m, km. Eskirgan shakli:chaqirim, qarich, yog’och, gaz, qalam, tosh, farsax,qadam, odim, quloch. 7.Yosh hisobi uchun ishlatiladigan hisob so’zlar:kunlik, haftalik, oylik, yashar, yoshli, yoshdagi. 8.Vaqt o’lcho’vi uchun ishlatiladigan hisob so’zlar: soniya, daqiqa, soat, sutka, kun, hafta, oy, yil, asr. 9. Maydon o’lcho’vi uchun ishlatiladigan hisob so’zlar: sotix, gektar. Eskirgani: tanob. 10. Qiymat hisobi uchun ishlatiladigan hisob so’zlar: so’m, dollar. Eskirgani: paqir, chaqa, tiyin, miri. 11. Qattiq jism o’lcho’vi: qop, xalta, quti. 12. Ish-harakat miqdori: karra, marta, sidra, daf’a. O’lchov so’zlar ichida ayrimlari faqat o’lchov-hisob ma’nosini bildirsa, ayrimlari alohida olinganda predmet nomini, matn ichidagina o’lchov birligi ma’nosini bildiradi. M: suyuqlik o’lchovi uchun paqir (chelak), shisha, bochka; hashak o’tinlarni o’lchash uchun tutam, quchoq, bog’; uzunlikni o’lchash uchun qarich, qadam, yog’och singari so’zlar faqat matn ichidagina qo’laniladi. M: besh shisha mineral suv, uch bochka pivo, bir paqir yog’; yuz bog’ beda, bir quchoq o’tin, uch qarich gazmol, besh qadam yo’l. Eslatma.1. Fizika, kimyo, biologiya, matematikada ishlatiladigan miqdoriy tushunchalarni ifodalovchi so’zlarning barchasi o’lchov birligidir: amper, joul, volt. 2. Bosh (hayvon), nafar (shaxs), litr (suyuqlik), gramm (og’irlik), tup(o’simlik) kabi so’zlar ham ishlatiladi. 4-topshiriq:Gaplar tarkibidagi hisob so’zlarni aniqlang. 1.Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to’rt payola choy ichdi. 2.Besh qadam narida yotgan aravani endi ko’rdi. 3.Hali o’ngga, hali so’lga burilib, ikki soat yo’l yurdik. 4.Olti sotix maydonda 2500 tup pomidor bo’ladi. 5 Abdulla qovunchiga o’sha va’da qilingan ellik gektar yer berildi. 6. Uning etagi ichida ikki hovuch qulupnay ko’rinib turar edi. 7. Go’yo quyoshning botayotanini birinchi marta ko’rayotgandek, ko’zlarida hayrat aks etdi. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling