Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Bir so’zining ma’nolari: 1


Download 388.95 Kb.
bet53/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Bir so’zining ma’nolari: 1. Miqdorni bildiradi: Bir dona gul. 2.O’xshashlikni bildiradi: Aka-uka xarakteri bir. 3. Noaniqlik, gumonni bildiradi: Sizni bir kishi chaqiryapti. 4. Takror qo’llanib, ayiruv bog’lovchisi bo’lib keladi: Bir kuladi, bir yig’laydi. 5. Tenglikni bildiradi: Qonun oldida hamma bir. 6. Chegaralash ma’nosini bildiradi: Darsga bir Sanjar kelmadi. (faqat yuklamasi) 7. Hodisaning ketma-ketligini bildiradi: Bir-bir aylanib chiqdi. 8. Ma’noni kuchaytiradi: U bir o’ynadiki, hamma hayron qoldi. 9. Ko’rsatish olmoshi o’rnida keladi: Bir (shunday) o’lka bor dunyoda. 10. Istakni bildiradi: Bir baliq oviga borsak. 11. Harakatning belgisini bildiradi: Mashina bir to’xtadi-da, yana yurib ketdi. Eslatma: 1. Bir so’zi ayrim qo’shimchalar bilan qotib qolgan. ga, -dan, -day qo’shimchalari qo’shilganda ravishga, -ov qo’shimchsini olsa, olmoshga o’tib ketadi.M: Birga, birdan, birday, birov. 2. Talay, qator so’zlari bilan birikib, predmetning belgisini bildiradi: Uning bir talay kitoblari bor. 3. Nutqimizda bir soning o’rnida yakka, yagona, yolg’iz, tanho, faqat so’zlari ishlatiladi.M: Tanho (bitta)o’zim sayrga chiqdim. Sonlarning otlashishi. Nutqimizda ba’zan son bog’langan ot tushib qolishi mumkin. Bunda sonlar otlashadi. Otlashgan sonlar xuddi otlar kabi egalik va kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanadi: Bilagi zo’r birni yiqitar, bilimi zo’r mingni. Otlashgan son ega, to’ldiruvchi, hol, kesim bo’lib keladi: Birni birov beradi, mingni mehnat beradi. Taqsim sonlar otlashmaydi. Ko’plik qo’shimchasi dono, taqsim, chama, kasr sonlarga qo’shilmaydi. Egalik qo’shimchasining I shaxs birligi otlashgan sonlarga deyarli qo’shilmaydi: Bu ham mening birim. Kelishik qo’shimchalari kasr, tartib, jamlovchi, chama sonlarga egalik qo’shimchasidan keyin qo’shiladi: ikkidan birini, to’rtinchisiga, beshovidan, o’ntachasini.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling