Sifat darajalari. Sifatlarning otlashishi Sıfatlarda Derecelendirme. Sıfatların İsimleşmesi


Download 16.47 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi16.47 Kb.
#1448702
Bog'liq
8-maruza


Sifat darajalari. Sifatlarning otlashishi - Sıfatlarda Derecelendirme. Sıfatların İsimleşmesi

Belgining ortiq yoki kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajalari, shu ma’noni ifodalovchi shakllar esa daraja shakllari deyiladi. Sifat darajalari to‘rt xil:


1. Oddiy daraja (Derecesiz Sıfatlar).
2. Qiyosiy daraja (Üstünlük Derecesi).
3. Orttirma daraja (En Üstünlük Derecesi, pekiştirme sıfatları).
4. Ozaytirma daraja (Küçültme Sıfatları).
Oddiy daraja belgining odatdagi me’yorini bildirib, boshqa sifat darajalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Oddiy daraja maxsus ko‘rsatkichga ega emas: iyi ( yaxshi), ilginç (qiziq), büyük (ulkan), güzel (chiroyli).
Qiyosiy daraja qiyoslanuvchi belgining me’yordan biroz kamligini qiyoslab ko‘rsatuvchi daraja bo‘lib, sifat asosidan oldin daha (-roq qo‘shimchasining ma’nosini bildiradi) so‘zi qo‘shish orqali yasaladi: daha güzel (chiroyliroq), daha yakın (yaqinroq).
Orttirma daraja belgining me’yordan ortiq ekanligini bildirgan sifat shakli bo‘lib, quyidagi usullar bilan yasaladi.
sintaktik usul: oddiy darajadagi sifat oldidan çok, pek (juda, g‘oyatda, nihoyatda), en (eng, jiqqa, g‘irt, о‘lguday) kabi so‘zlarni keltirish bilan yasaladi: çok kurnaz (juda ayyor), çok cimri (о‘lguday ziqna), en büyük (eng katta), pek güzel (g‘oyatda chiroyli).
fonetik usul: sifatning birinchi bo‘g‘inini tovush o‘zgarishi orqali takrorlab (-p(a), -m(a), -s, -r tovushlari yordamida) qo‘llash orqali yasaladi: kıpkırmızı (qip-qizil), sapsarı (sapsariq), masmavi (ko‘m - ko‘k).Turk tilida bunday sifatlar pekiştirme sıfatları deyiladi. Ular nutqda o‘zbek tiliga nisbatan ko‘proq ishlatiladi.
Ozaytirma daraja belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi sifat shaklidir. U quyidagi usullar bilan yasaladi:
sintaktik usul: oddiy darajadagi sifat oldidan biraz (sal, picha, biroz, xiyol, xiyla, nim, biroz) so‘zini keltirish orqali: biraz tatlı (sal shirin), biraz iyi (biroz yaxshi);
morfologik usul: ayrim sifatlarga quyidagi qo‘shimchalarni qo‘shish orqali:
-cık (–cik, -cuk, -cük). Ba’zi tilshunoslar tomonidan shakl yasovchi qo‘shimcha deb ham qaralayotgan -cik qo‘shimchasi turk tilida ko‘p uchraydigan kichraytirish va erkalashni ifodalovchi otlar yasash bilan birga, sifatlar ham yasaydi. Bu qo‘shimcha so‘zlarga qo‘shilib o‘zidan oldin kelgan undoshning tushishiga sabab bo‘ladi. Bunda odatda sifatdan sifat yasaladi: ufa- cık(ufak-cık), küçü-cük (küçük-cük), yumuşa-cık, (yumuşak-cık) kabi. Ba’zan esa u o‘zidan oldin bir vokal (unli) orttiradi: az-ı-cık, az-a-cık, dar-a-cık kabi.
Bu qo‘shimchani qo‘llashning yana bir o‘ziga xos shakli uning-ca, -ce, -ça, -çe qo‘shimchasidan keyin kelishidir: usul-ca-cık, yavaş-ça-cık, demin-ce-cik, ufa-ca-cık kabi;
-cik qo‘shimchasi sifatlarga qo‘shilganda o‘ta kichraytirish ma’nosini ifodalaydi va urg‘usi tushadi: kısa-cık, ince-cik. Xuddi shu yo‘nalishda boshqa so‘zlarga ham qo‘shilib, kichraytiruv ma’nosida qo‘llanadi: ufa-cık, küçü-cük, dar-a-cık, az-a-cık, mini-cik kabi;
msı (-msi, -msu, -msü). Bu qo‘shimcha ham o‘xshashlik, rang va mazani ifoda etib, ko‘p ishlatiladi: ağac-ı-msı, tatlı- msı, mor-u-msu, tepe- msi, acı- msı, kırmızı- msı, ekşi- msi, yeşil- i-msi, duvar- ı-msı kabi;
mtırak. Bu qo‘shimcha ham o‘xshashlik ma’nosini ifodalaydi, lekin uning qo‘llanish sohasi oldingisidan torroq. Undosh bilan tugagan o‘zaklarga qo‘shilgan ushbu qo‘shimchadan oldin ayiruvchi i (ı,u,ü) unlisi orttiriladi. Ushbu qo‘shimcha yordamida maza-ta’m va rangni ifodalovchi sifatlar yasaladi: acı- mtırak, beyaz- ı-mtırak, kırmızı –mtırak, ekşi- mtırak, sarı- mtırak, yeşil- i- mtırak kabi.
Sifatlar otlashganda boshqa bo‘laklar vazifasida ham kela oladi. Sifatning otlashishi – nutqda sifatdan keyin keladigan otning tushib qolishi va ot bajarishi lozim bo‘lgan sintaktik vazifalarning sifatga o‘tishidir. Masalan: Dünyada iyi insanlar çok. Dünyada iyiler çok.(Dunyoda yaxshi odamlar ko‘p. Dunyoda yaxshilar ko‘p.)
Download 16.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling