Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Kishilik olmoshlarining uslubiyati
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatish olmoshlari.
Kishilik olmoshlarining uslubiyati:
1.Men, sen kabi kishilik olmoshlari vazifasini gap kesimi tarkibidagi shaxs-son shakli anglatib turgani uchun so’zlashuvda (ta’kid ma’nosi bo’lmay) bu olmoshlarni qo’llash unchalik o’rinli emas. 2.Biz olmoshining o’z-o’zini ta’kidlamaslik, manmanlik kabi uslubiy xususiyatlarini anglab, to’g’ri qo’llash so’zlovchi madaniyatidan darak beradi. Misol:Bu ishni men qildim.-Bu ishni biz qildik.Siz bizni kim deb o’ylayapsiz? 3.Siz olmoshini qo’llash, yozuvda gap orasida uni bosh harf bilan yozish ham suhbatdoshga hurmat ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladi:Hazrat, Sizga ixlosim baland. 4.Kishining ismini aytmay, ba’zan ular,o’z(lar)i kabi olmoshlarni qo’llaymiz. Misol:Ular (dadam)keldilarmi? O’zi(Alloh)biladi. Badiiy uslubda, ayniqsa ,badiiy matnlarda kishilik olmoshlarining ortiqcha qo’llanishi matn uslubiyatiga ta’sir qiladi,saviyasini tushuradi. II. Ko’rsatish olmoshlari. Oldingi gap, gapdagi biron bir so’z, so’z birikmasi o’rnida qo’llanib, unga ishora qiluvchi yoki biron so’zni aniqlab keluvchi olmoshlarga ko’rsatish olmoshlari deyiladi: u, shu, bu, o’sha anavi, ana, mana, ushbu, anavi Eslatma: -day, -dek, -cha, -aqa qo’shimchalari qo’shilganda hosil bo’ladigan olmoshlar ham ko’rsatish olmoshlaridir. Bunda asos bilan qo’shimcha o’rtasida bitta n orttiriladi. M: shunday, bundek, uncha, shunaqa. So’z ma’nosini aniqlab kelayotgan olmoshlar o’zi aniqlayotgan so’zdan oldin qo’llanadi. M: Bu cholni butun yurt hurmat qiladi. Ko’rsatish olmoshi kelishik qo’shimchalarini ham, egalik qo’shimchalaini ham olishi mumkin.Bunda tovush orttirilishi kuzatiladi. M: unga, shundan, buni, shunisi, o’shanisi. Faqat ko’rsatish olmoshi tuzilishiga ko’ra 4 xil bo’ladi: 1. Sodda: u, bu, shu, o’sha, mana. 2. Qo’shma: mana shu, ana u. 3. Juft: u-bu, ana-mana. 4. Takroriy: shu-shu, o’sha-o’sha. Ko’rsatish olmoshlari o’z ma’nolari bilan turli qo’shimcha uslubiy vazifalar (ta’kidlash, izohlash, ajratish) bajaradi: Namangan – bu gullar shahri. Badiiy uslubda ko’rsatish olmoshi o’rnida bir yoki bir xil so’zlaridan foydalaniladi: Bir (shunday) o’lka bor, dunyoda biroq.Bir xil (shunday) onalar o’z farzandini o’zi jinoyatga boshlaydi, afsus. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling