Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari 4 xil


Download 388.95 Kb.
bet59/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari 4 xil: 1. Sodda olmoshlar: bu, sen, bari, ana. Eslatma: 7-sinf darsligida kimdir, qaysidir, allakim, allaqanday kabi olmoshlar sodda yasama olmosh deb berilgan. 2. Qo’shma olmoshlar: mana bu, ana shu, har qaysi, hech narsa. Ko’rsatish, belgilash, bo’lishsizlik va gumon olmoshlari qo’shma olmosh holida uchraydi. 3. Juft olmoshlar: sen-men, u-bu. Kishilik va ko’rsatish olmoshlari juft holda uchraydi.
4. Takroriy olmoshlar: uncha-muncha, shu-shu, o’sha-o’sha, nima-nima, hamma-hamma,o’z-o’zi. Ko’rsatish, so’roq, o’zlik va belgilash olmoshlari takrorlanib ishlatiladi. Ba’zi olmoshlar takrorlanib, boshqa turkumga o’tib ketishi ham mumkin: o’z-o’zidan, o’sha-o’sha, shu-shu (ravish), manman (sifat) Eslatma: Ba’zan boshqa so’z turkumlarining ma’nolari o’zgarib, olmoshga yaqinlashishi mumkin. M: Odamning ketgisi kelmaydi. (men, ot) Biri rasm chizadi, boshqalari kitob o’qiydi.(ba’zilari,son, sifat)
Fe’l
Harakat va holat ma’nosini ifodalab, nima qildi?, nima qilmoqchi?, nima qilyapti? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi so’z turkumiga fe’l deyiladi. M: Talaba o’qidi (nima qildi?).
I. Fe’lning morfologik xususiystlari:
1.Fe’llar yasaladi: ikki-lan=ikkilan, ko’k-ar=ko’kar.
2.Fe’l o’ziga xos munosabat shakllariga ega: ko’rdim , boray.
3.Fe’lning nisbat, bo’lishli-bo’lishsizlik, sifatdosh, harakat nomi, ravishdosh shakllari bor.
4.Fe’llarda o’timli-o’timsizlik bor.
5.Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi mavjud.
II. Fe’llarning sintaktik xususiyati:
1.Kesim: Shu kuni ohang tug’ildi.
2.Ega: Bilgan topib gapirar.
3. Aniqlovchi: a)sifatlovchi aniqlovchi:Boshqaar qalbiga yaxshilik urug’ini ekkan odam chinakam insondir.
b) qaratqich aniqlovchi:Bolani erkalashning uning tarbiyasiga qanday ta’siri bor?
4.To’ldiruvchi:a)vositali:Xalqning sha’niga,ming yillar davomida to’plagan obro’-e’tiboriga dog’ tushirishga hech kimning haqqi yo’q.
b)vositasiz: Xalqing senga xayrixoh bo’lishini istasang, avval o’zing xalqqa xayrixoh bo’l.
5.Hol: Gapni bilib gapirish kerak.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling