1-topshiriq:Fe’llar ishtirokida gaplar tuzing va ularning gapdagi vazifasini aniqlang.
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Fe’l qanday harakat holatni ifodalashiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi: 1. Yumush fe’llari: ishladi, ter to’kdi. 2. Tafakkur fe’llari: o’ylaydi, o’qidi, kashf qildi. 3. Sezgi fe’llari: sezdi, his qildi. 4. Ruhiy holat fe’llari: kuldi, xursand bo’ldi, qayg’urdi, iztirob chekdi. 5. Nutqiy fe’llar: gapirdi, ifoda qildi. 6. Ishora fe’llari: labini burdi, ko’zini qisdi. 7. Jismoniy holat fe’llari; og’ridi, istima qildi. 8. Tabiiy holat fe’llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi. 9. Ko’rish fe’llari: termuldi, boqdi. Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra 2 xul: 1. Harakat fe’llari: yugurdi, yasadi,chopdi, yozdi. 2. Holat fe’llari:qizardi, gulladi, bo’zardi, sarg’aydi. F’ellarning ma’no guruhlari: 1. Nutqiy faoliyat fe’llari: yalinmoq, vaysamq. 2. Aqliy faoliyat fe’llari: fahmladi, fikrladi. 3. Jismoniy faoliyat fe’llari: chizmoq, qimirlamoq. 4. Holat fe’llari: semirmoq, isimq. Fe’llar leksik-grammatik xususiyatiga ko’ra 2 xil bo’ladi: mustaqil va yordamchi. Mustaqil fe’llar quyidagi xususiyatga ega: 1. Atash (leksik) ma’no bildiradi, gapda biror bo’lak vazifasida keladi: Dalalarda ish boshlandi. 2. Biror so’zni boshqarib keladi: Ustoz tez-tez gapirdi. 3. O’timli, o’timsiz bo’ladi. 4. Fe’lga xos grammatik shakllarga, vazifadosh shakllarga ega bo’ladi: aytganman – o’tgan zamon, aniq nisbat, bo’lishli, xabar mayli, I shaxs birlik. Yordamchi fe’llar. Mustaqil atash ma’no bildirmaydi, ularning quyidagi turlari bor: 1. So’z yasash uchun xizmat qiluvchi va bog’lama vazifasini bajaruvchi yordamchi fe’llar: bunyod etdi, javob berdi, sayr qildi. 2.Fe’llarga birikib, turli qo’shimcha ma’no yuklovchi yordamchi fe’llar: yozib qo’ydi, aytib berdi. 3. To’liqsiz fe’llar: edi, emish, emas, ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |