Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olmoshlarning morfologik xususiyatlari
- Olmoshlarning ma’no turlari
- Siz, ular
- Eslatma
2-topshiriq: Olmoshlardan foydalanib gaplarni davom ettiring.
1.Ko’chadan o’tayotgan sariq mashina hammaning e’tiborini tortdi. _____________________________________________________________ 2.Ona o’g’lining kitob o’qishidan juda xursand bo’ldi. ______________________________________________________________ 3.Qiz bo’layotgan voqealardan uyalib engashib oldi. ______________________________________________________________ Olmoshlarning morfologik xususiyatlari: 1. Olmoshlar yasalmaydi, lekin yasalish uchun asos bo’ladi: - lik: manmanlik, butunlik, o’zlik(ot); - sira: sensira, sizsira (fe’l); - si: mensi (fe’l); - bop: menbop, senbop, bizbop, sizbop (sifat); - cha: o’zicha (ravish); - la: sizla (fe’l); - day, -dek: menday, sizdek (ravish). 2.Olmoshlar otlarga xos kelishik qo’shimchalarini oladi, lekin ularda belgili qo’llaniladi. Eslatma: Ba’zan o’zlik va so’roq olmoshlarida belgisiz ishlatilishi mumkin. M: Hamma o’z(ning) tashvishi bilan band. Do’kondan nima(ni) olding. 3.Olmoshlarga kelishik qo’shimchalari qo’shilganda tovush tushishi va tovush ortish hodisalari uchraydi. M: men+ni=meni, u+ga=unga Olmoshlarning sintaktik xususiyatlari. Olmoshlar gapda barcha bo’lak vazifasida kela oladi. M: Shunisi qiziqki, mening hech narsadan xabarim yo’q. Bizning talabimiz – shu. 3-topshiriq: Olmoshlar ishtirokida gaplar tuzing. Ularning gapdagi vazifasini aniqlang. __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Olmoshlarning ma’no turlari: 1. Kishilik. 2. Ko’rsatish. 3.So’roq. 4.O’zlik. 5. Belgilash(birgalik-ajratish). 6. Bo’lishsizlik 7.Gumon I. Kishilik olmoshlari. Uch shaxsdan biriga tegishli olmoshlar kishilik olmoshlaridir: men, sen, u, biz, siz, ular. Nutq jarayonida ular quyidagicha guruhlanadi: 1) so’zlovchi I. men, biz 2) tinglovchi II. sen, siz 3) o’zga III. u, ular Kishilik olmoshlari egalik qo’shimchalarini olmaydi. Ba’zan 3-shaxs olmoshi otlashib, egalikni olishi mumkin: unisi . Kelishik qo’shimchalarini oladi va tovush tushishi va tovush ortishi hodisalari yuzaga keladi: se(n)ni, unda . Men olmoshi ko’plikni olmaydi. Sen olmoshi ko’plikni olsa, hurmatsizlik, mensimay qarash ma’nolarini bildiradi: senlar Kishilik olmoshining qo’llanilishi. Ba’zan biz, siz, ular birlik ma’nosida ham qo’llaniladi. Biz birlik ma’nosida qo’llanganda kamtarlik, bajargan ishida o’zini ta’kidlamaslik yoki biroz maqtanish, o’zini ko’rsatish ma’nolarini anglatadi: Mening uyim – Bizning uyimiz (kamtarlik), Bu uy kimninki? Bizniki-da! (maqtanish). Siz, ular yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma’nosini ham bildiradi. Sen kelding o’rniga Siz keldingiz . U gapirdi o’rniga Ular gapirdilar. Siz olmoshi ko’plikni bildirishi uchun unga –lar qo’shimchasi qo’shiladi. Sizlarga baxt tilayman (ko’plik). Sizga baxt tilayman (birlik). Bunday asoslarda, monologlarda shaxs ko’chishi ham uchraydi: Hayajonlanma, …! (I shaxs o’rnida II shaxs ishlatiladi). Eslatma. II shaxs kishilik olmoshlari badiiy asarlarda jonli va jonsiz narsalarga ham ishlatiladi: Vatan, sen bunchalar ko’rkamsan. Eslatma. Nutqimizda men kishilik olmoshi o’rnida kamina, kaminayi kamtarin, faqir, qulingiz, bandayi ojizingiz, kishi, banda kabi ot olmoshlar ishlatilishi mumkin. Bu holatda ko’tarinkilik, tantanavorlik, kamtarlik kabi ma’nolar ifodalanadi. M: Kamina so’zingizni also ikki qilmaydi.(kesimi III shaxsda). Kamina hoziroq Toshkentga otlanurmen.(kesimi I shaxsda) Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling