Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet54/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

5-topshiriq: Gaplar tarkibidagi sonlarni otlashtiring
1.Bu gapni eshitib beshta o’quvchi tadbirga qo’shiladigan bo’ldi. 2.Bo’lgan voqeani uchala qo’shni qiz navbat bilan gapirib berdi. 3.Majlisda aytilgan fikrlarga oxirgi qatorda o’tirgan yettita odam ovoz beishni istamadi. 4.Ustozimiz aytgan birinchi she’rni yodladim, ikkinchi she’rning esa mazmuniga tushuna olmayapman. 5.Tanlovda ishtirok etayotgan to’rtta qatnashchiga mukofot berib bo’lindi. Eslatma: O’zbek tili tarixida miqdorni ifodalash uchun lak (yuz ming), tuman (o’n ming) sonlari ishlatilgan. 3,7,9,40 kabi sonlar sehrli sonlar sifatida talqin etiladi. Sonlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari: 1)omonimlik: yigirma, uch, qirq, yuz; 2)sinonimlik: 10.000-tuman, 2-juft, 100.000-lak; 3)paronimlik: yetti-yetdi, to’qson-to’qsan, ellik-enlik. Sonlarning uslubiy xususiyatlari. Sonlarni miqdor bildiruvchi so’zlar bilan farqlash kerak. M: Do’kondan o’nta kitob oldim. Do’kondan ko’p kitob oldim. Son bilan birga kelgan otlarga ko’plik qo’shimchasi qo’shilmaydi.M: Olmalar g’arq pishibdi. Daraxtda sakkizta olma pishibdi. Sonlarning tuzilishiga ko’ra turlari. 1. Sodda sonlar: ikki, olti, yigirma, yetmish. 2. Qo’shma sonlar. O’n bir, yigirma yeti, o’n besh, sakson bir. Hozirgi o’zbek tilida qo’shma son tarkibiy qismining qat’iy joylashish o’rni bor: 1)yuzgacha bo’lgan sonlardan oldin katta son, undan so’ng kichik son keladi: o’n olti, o’ttiz besh; 2) yuzdan keyingi sonlarda birlik va o’nlik sonlar ulardan oldin kelishi ham, keyin kelishi ham mumkin: 800, 412. Birlik va o’nlik sonlar yuzlik va undan ortiq sonlarning oldida kelsa, yuzlik va undan ortiq sonlarning oldida kelgan son qancha katta bo’lsa, yuzlik va undan ortiq sonlar shuncha barobar ortiq ekanligi aniqlanadi. M: 200, 400, 900. Aksincha, o’nlik va birlik sonlar yuzlik sonlardan keyin kelsa, yuzlik sonlarning birlik va o’nlik sonlar bilan ortganligini bildiradi.M: 203, 405, 810. 3. Juft sonlar.M: bir-ikkita, o’n-o’n beshta. 4. Takroriy sonlar: M: beshta-beshta, to’rtta-to’rtta
Olmosh
Barcha so’z turkumlari, so’z birikmasi va gap o’rnida almashinib kelgan so’zlarga olmosh deyiladi. M:1. Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat bag’ishlaydi.(ot o’rnida)2.Sariq ko’ylak oldim . Chunki shu rang menga yoqadi.(sifat o’rnida)3.Yigit bechoraning rangi quv uchdi. Bu holat onasiga yoqmadi.(gap o’rnida).4. Karim gullarni uza boshladi. Bu bog’bonning jahlini chiqardi.(fe’l o’rnida.) Eslatma:1. Olmoshlarning atash ma’nosi bo’lmaydi. Shuning uchun olmoshlar “ichi bo’sh” so’zlar ham deyiladi. 2. Olmoshlarning o’ziga xos bo’lgan sintaktik vazifasi yo’q.
1-topshiriq: Berilgan gaplar tarkibidagi olmoshlar qaysi so’z turkumi o’rnida qo’llangan?
1.Qizchaga biror narsa bo’lganini sezgan Alisher bor kuchi bilan unga qarab yugurdi.2.Hamid Olimjon o’z she’riyatida shunday kamolot darajasiga erishadiki, u so’zdan tanbur torlaridek turli pardalarda foydalanar, uni o’ynata, jaranglata bilardi. 3.Olim musobaqada g’olib chiqdi. Bu hammamizni quvontiri.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling