Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Otning vazifadosh shakllari
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- –niki
- Otlarning tuzilish jihatdan turlari
- Takroriy otlar
Otning vazifadosh shakllari 1. Kichraytirish shakli –cha, -choq, -chak qoshimchalari orqali hosil bo’ladi.M-n: uycha, qo’zichoq, kelinchak. Ba’zan –cha qo’shimchasi erkalash va suyish ma’nosida ham keladi:asalcha 2.Erkalash shakli –xon, -jon, -bek, -oy, -(a)loq, -bonu, -gina qo’shimchalari bilan hosil bo’ladi: bo’taloq, qizaloq, Sayfiddinjon, Bahoraoy, Rustambek, qizginam, oppoqqina.
3. Hurmat shakli qarindoshlikni bildiruvchi otlarga egalik qo’shimchasidan keyin –lar qo’shimchasini qo’shish bilan hosil bo’ladi. Qaysi shaxsdagi egalik qo’shimchasi bilan qo’llanilishiga ko’ra ko’plik va egalik qo’shimchalari quyidagicha joylashadi: 1)I-II shaxs egalik qo’shimchasi bilan kelganda, ko’pincha, egalik qo’shimchasi oldin, ko’plik qo’shimchasi undan keyin keladi: Dadamlar keldilar. Xolamlar salom aytdilar. Ko’plik shakli oldin, egalik keyin kelsa, shaxsning ko’pligini ifodalaydi: Opalarim kelishdi. 2)III shaxsda ko’plik shakli oldin, egalik shakli keyin keladi: Bu kishi dadamlarning opalari bo’ladi. 4. Qarashlilik shakli –niki qo’shimchasi orqali hosil bo’ladi va bir predmetning shaxs yoki narsaga qarashliligini bildiradi: maktabniki, qizimniki. Otning egalik shakli ham qarashlilikni, ya’ni predmetning 3 shaxsdan biriga tegishliligini bildiradi: bog’im – I shaxs birlik. Qarashlilik shakli ham tegishlilikni bildiradi, lekin unda shaxs va shaxsning soni tushunchalari yo’q. –niki shakli eski o’zbek tilida maning turur,Ahmadning turur (meniki, Ahmadniki). 5.Chegara shakli –gacha, -kacha, -qacha qo’shimchalari orqali hosil bo’ladi va chegara ma’nosini bildiradi.M-n: uygacha, qishloqqacha. 6.O’rin-joy shakli –dagi qo’shimchasi orqali hosil bo’ladi: osmondagi Eslatma: Otlardagi son, kichraytirish va erkalash qo’shimchalari otlarning lug’aviy shakllari hisoblanadi. Otlarning tuzilish jihatdan turlari Ular 4 xil bo’ladi: 1) sodda; 2)qo’shma; 3)juft; 4)takroriy. Sodda otlar bir o’zakdan tashkil topadi. Ular 2 xil bo’ladi: tub (barg, stol, parda), yasama (o’quvchi, tepalik, somsapaz). Qo’shma otlar: belkurak, qo’lqop. Qo’shma ot qismlarida qanday munosabat borligi birmuncha anglashiladi: - aniqlovchi-aniqlanmish: belbog’, so’zboshi, oqqush, itbaliq; - to’ldiruvchi-kesim: otboqar, muzyorar, o’rinbosar; -hol-kesim: iskabtopar, beshotar; -kesim-undalma:yoriltosh, ochildasturxon, urto’qmoq; -ega-kesim: Soykeldi, Ilono’tdi. Juft otlar bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli asoslardan tashkil topgan so’zlardir. Ular jamlikni bildiradi va quyidagicha hosil bo’ladi: ota-ona, qozon-tovoq, kuch-quvvat, or-nomus, do’st-dushman. Takroriy otlar bir otning takrorlanishidan hosil bo’ladi: un-pun, qator-qator, choy-poy. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling