Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet44/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

O’rin-payt kelishigi ot bilan fe’lni bog’laydi. Boshqa so’z turkumlarini ham bog’lashi mumkin: gazetada bosildi (ot+fe’l), o’qishda birinchi (harakat nomi+son), uyda yolg’iz (ot+sifat), menda bor (olmosh+modal so’z). Ba’zan belgisiz ham qo’llaniladi: Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.Qisqargan shakli yo’q.Gapda vositali to’ldiruvchi, payt holi, o’rin holi, kesim vazifasida keladi.
Payt otlariga qo’shilib, qachon? So’rog’iga javob bo’ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning paytini bildiradi. Bunday so’zlar gapda payt holi vazifasida keladi.Masalan:Yozda oilam bilan dam olish uchun tabiat qo’yniga chiqmoqchimiz. Chiqish kelishigi ham ot bilan fe’lni bog’laydi, boshqa so’z turkumlarini ham bog’lashi mumkin. M-n: uydan chiqdi, sendan yaxshi, oydan go’zal. –dan qo’shimchasi shevalarda, yozma yodgorliklarda, mumtoz adabiyotda –din, -tin, -tan, -nan shaklida uchraydi. Doim belgili qo’llaniladi.Gapda vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, payt holi, sabab holi, kesim vazifasida keladi.
Eslatma: Ba’zan tushum kelishigi o’rnida chiqish kelishigi ishlatilishi mumkin. Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq bor. Tushum kelishigidagi so’z butunni, chiqish kelishigidagi so’z qismni bildiradi.Masalan: uzumni ye – uzumdan ye
7-topshiriq: Matnda kelishik qo’shimchalari bilan birga qo’llangan so’zlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
Inson umri davomida o’ziga sodiq do’stlar orttiradi. O’g’il ham, qiz ham, kim bo’lishidan qat’i nazar o’z faoliyatida, o’qishda, mehnatda, uzoq safarda, odamlar orasida o’ziga fe’li, muomalasi bilan yoqib qolgan kishi bilan do’stlashadi.
Do’stlik nihoyatda nozik bo’lib, uni asrab-avaylash lozim. Do’stlik insonning bolalik davrida boshlanadi. Bolalikdan boshlangan do’stlik odamzodning keyingi ulg’aygan va kamolga erishgan davrida orttirgan barcha do’stlari orasida alohida o’rin tutadi.
Kelishik qo’shimchalarining uslubiy xususiyatlari. Kelishik qo’shimchalari grammatik ma’no ifodalash bilan birga o’ziga xos uslubiy xossalari va bo’yoqlari bilan ajralib turadi. Ular bir-birining o’rnida ishlatilishi mumkin: - ni va -dan qo’shimchalari: nonni oling – nondan oling; - ni va - ga qo’shimchalari: gapingizni tushunmadim – gapingizga tushunmadim; - ni va -da qo’shimchalari: bog’ni aylandim – bog’da aylandim; - ning va -dan qo’shimchalari: kelganlarning biri – kelganlardan biri; -ga va -dan qo’shimchalari:eshikka sig’madi – eshikdan sig’madi; -ga va - da qo’shimchalari: maktabga yig’ildi – maktabda yig’ildi; -da va -dan qo’shimchalari: radioda e’lon qildi – radiodan e’lon qildi. Kelishiklarning boshqa qo’shimchalar bilan ma’nodoshligi. - ning, -dagi: sening irodang- sendagi iroda; -dan, -niki: bu daftarlar kimdan- bu daftarlar kimniki; -dan, -lik: shahardanman – shaharlikman.
8-topshiriq: Gaplar tarkibidagi kelishik qo’shimchalarini ma’nodoshiga almashtirib yozing.
1.Men bu kitobdan bir necha marta o’qiganman. 2.Odamlar shovqin ovozini eshitib, maydonga yig’ildilar. 3.Bolalarning bir qanchasi holva tarqatayotgan amakining yoniga chopib ketdi. 4.Kechagi goliblarni mikrafonda e’lon qil. Eslatma.Otlardagi egalik va kelishik qo’shimchalari otlarning munosabat shakllari deyiladi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling