Jizzax 2023 O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
Download 49.56 Kb. Pdf ko'rish
|
ohun
DUNYOQARASHNING TARIXIY
TIPLARI Dunyoqarashning 3 ta asosiy turi ya‘ni tarixiy tiplari bor: a) mifologik dunyoqarash; b) diniy dunyoqarash; v) falsafiy dunyoqarash. Dunyoqarashning dastlabki tarixiy tipi mifologik dunyoqarashdir. Mifologik dunyoqarash (mifologiya- yunoncha: mitos-naql, rivoyat; lagos-fikr, ta‘limot degani) ijtimoiy taraqqiyot-ning eng boshlang’ich bosqichlariga xos bo’lgan insonning dunyoni tushunishining o’ziga xos usuli sifatida paydo bo’lgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Mifologik dunyoqarash odatda o’z ifodasini o’sha qadimgi davr kishilari tomonidan yaratilgan, to’qilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgandir. Har bir xalqda o’zining uzoq tarixiy o’tmishiga xos rivoyatlar va afsonalar mavjud. Ularda bu xalqlarning ijtimoiy hayoti, turmush va fikr tarzlari, ijtimoiy-iqti-sodiy va madaniy munosabatlari hayoliy tarzda xudolar, ilohiy kuchlar va afsonaviy qahramonlar obrazlarida g’ay- ritabiiy, yovuz kuchlarga qarshi kurash olib boradilar. Oqibatda, bu kurashlarda doimo adolat va haqiqat tantana qiladi. Bunday rivoyat va afsonalar dastlabki paytlarda xalq og’zaki ijodi namunalarida, keyinchalik yozuvning paydo bo’lishi bilan taraqqiy topgan xalqlarda o’ziga xos adabiy asarlarda o’z ifodasini topadi. Bunga misol sifa-tida biz qadimgi yunon eposlari-«Iliada» va «Odessiya»ni, hind eposi «Ramayana»ni, qirg’iz xalqining eposi «Manas»ni, o’zbek xalqi eposi «Alpomish» va shu kabilarni keltirishimiz mumkin. Bu eposlarda o’sha xalqlarning o’t-mishdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy hayoti, ularning madaniyati, urfodatlari, an‘analari, axloqiy, diniy, este-tik, huquqiy, siyosiy qarashlari va tasavvurlari o’z ifodasini topgandir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling