Jizzax 2023 O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
dunyoqarashi ikki mustahkam asosga
Download 49.56 Kb. Pdf ko'rish
|
ohun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafiy dunyoqarash
dunyoqarashi ikki mustahkam asosga
tayanadi: ulardan biri bilimlar bo‘lsa, ikkinchisi qadriyatlardir. Xullas, dunyoqarash – qarashlar, baholar, prinsiplar yig‘indisidan iborat yaxlit sistema bo‘lib, uning eng asosiy komponentlari bilim, e’tiqod va xulq- atvordir. Dunyoqarashning boshqa shakl va tiplaridan farqli o‘laroq falsafaning barcha g‘oyalari nazariy jihatdan asoslangan, mantiqan izchildir. Faylasuf esa nafaqat ana shunday dunyoqarash sohibi, balki dunyoqarashning strukturasini tahlil qilishni o‘ziga kasb etgan zotdir.Dunyoqarash – bilimlar va qadriyatlar, intelekt va his-tuyg‘ular, e’tiqodlar va gumonlar yig‘indisidir. Shuning uchun ham uning uch tomoni mavjud: dunyoni his etish, dunyoni tushunish, dunyoni idrok etish. Sistemaliligi, “izchilligi”, g‘oyalarning asoslanganligi holatiga qarab dunyoqarashni ikki darajaga bo‘lamiz: hayotiy-amaliy dunyoqarash va nazariy dunyoqarash Falsafiy dunyoqarash Falsafa – borliq, turli shakllari orasidagi o‘zaro aloqadorlikni ifodalovchi nazariy qarashlar sistemasidir. Ushbu ta’rif “dunyoqarash” tushunchasiga berilgan ta’rifga o‘xshab ketadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki dunyoqarashning tarixiy tiplari bir-biridan predmeti bilan emas, uni anglash usullari bilan farqlanadilar. Falsafa – donishmandlik haqidagi ta’limotdir, shu boisdan u, biz ta’kidlab o‘tganimizdek, olamni aql chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qilinadi.Dunyoqarashni, ayniqsa falsafiy dunyoqarashni bir butun qilib ushlab turgan ikki qutb mavjud: olam va odam (yoki obyektivlik va subyektivlik, moddiylik va ma’naviylik, katta olam va kichik olam va hokazo). Shuni nazarda tutgan holda ham yurtimiz, buyuk faylasuf Shayx Aziziddin Nasafiy butun olamning o‘zi ulug‘ olam (olami kubro) bo‘lsa, insonning o‘zi kichik olamdir (insoni kubro), deb ta’kidlaydi. Bunda odam olamning bir bo‘lagi sifatidagina emas, borliqning o‘ziga xos shakli sifatida idrok etiladi. Boshqa narsalardan uning farqi shundaki, u o‘ylash va bilish, sevish va nafratlanish, quvonish va qayg‘urish, orzu qilish va baxtli bo‘lish imkoniga ega. Ushbu qarama-qarshi qutblar orasidagi turli munosabatlar falsafaning bahs mavzuini tashkil etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling