Jizzax davlat pedagogika instituti jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik


madaniy  boyliklar,  ko’hna  tarixiy  yodgorliklar


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#202999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
3380-Текст статьи-15061-1-10-20201031

madaniy  boyliklar,  ko’hna  tarixiy  yodgorliklar  eng  muhim  omillardan  biri  bo’lib 

xizmat qiladi”

3

.   


 

Ma’naviyat,  mafkura,  madaniy-ma’naviy  qadriyatlar,  milliy  va  umuminsoniy 

qadriyatlar  uyg’unligi  va  shular  asosidagi  dunyoqarash  inson  va  jamiyat  hayot 

yo’nalishini  belgilaydi.  Voqea  va  xodisalarning  ilm  –  fan,  tadqiqot  obyektiga  aylanishi 

ijtimoiy borliqda yuz bergan o’zgarishlar, inson aqli idrokining ularni anglash jarayonlari 

bilan  bog’liq.  Ijtimoiy  borliqdagi  o’zgarishlar  va  ularni  anglash  jarayonlari  bir  –  biriga 

bog’liq  xodisalar  sifatida  mavzularni,  tushunchalarni,  usullarni  tadqiqot  obektiga 

aylantiradi,  natijada  u  yoki  bu  mavzular,  tushunchalar,  usulllarni  kengroq,  chuqurror 

o’rganishga  extiyoj  qiziqish  paydo  bo’ladi.  “Qadr”,  “qadrlash”,  “qadr  -  qimmat”, 

“qadriyat”  tushunchalarining,  voqyea  va  xodisalarining  o’rganish  obyektiga  aylangani 

ana shunday extiyoj va qiziqishlari bilan izohlash mumkin.  

 

Qadriyatlar  madaniyatning  tizim  yaratuvchi  muxim  omilidir.  Binobarin, 



qadriyatlar  inson  va  jamiyat  hayotida  muxim  o’rin  egallaydi,  chunki  insonning  hayot 

tarzini,  uning  xayvonot  dunyosidan  ajratish  darajasini  aynan  qadriyatlar  tafsivlaydi. 

Millatni  milliy  qadriyatlarning  obyekti  va  subyekti  sifatida  tushunish,  u  bilan  bog’liq 

milliy  qadriyatlar  tizimini  ilmiy  tahlil  qilish,  millatning  o’zini  ijtimoiy  qadriyat  sifatida 

qarash  imkonini  beradi.  Qadriyatlar  shaxsning  hayot  faoliyatida  fundamintal  ahamiyat 

kasb  etadi.  Qadriyatlar  odamlarni  jipslashtirish,  ularni  xamjamiyatlarga  birlashtirishning 

muhim  omili  xisoblanadi.  Umumiy  qadriyatlarning  mavjudligi  fuqarolar,  ijtimoiy 

birliklar va guruhlarning tinch – totuvligini ta’minlaydi.  

 

Milliy  qadriyatlar  mamlakatimiz  mustaqilligini  mustahkamlaydigan,  barkamol 



insonni  tarbiyalaydigan  ma’naviy  asoslardan  biri,  demokratik,  adaolatli,  xuquqiy  davlat 

va fuqarolik jamiyati qurishning asosiy manbaidir. 

 

 

Shu  sababli  qadriyatlar  nima,  qaysi  qadriyatlar  inson  uchun  eng  muhim  va 



qaysilari  ikkinchi  darajali,  inson    hayotida  va  jamiyat  taraqqiyotida  ma’naviy  madaniy 

qadriyatlarning  qanday  ahamiyati  bor,  ma’naviyat  va  qadriyatlarning  o’zaro  bog’liqligi, 

milliy  o’zlikni  anglash  va  xozirgi  davrning  globallashuv  jarayonlarida  milliy 

qadriyatlarni  o’rganishning  zaruriyati, ahamiyati nimada, degan savollar bugungi kunda 

katta ahamiyat kasb etadi.   

 

 



1

 Karimov I.A. Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi. // O’zbekiston XXI  asr  bo’sag’asida: 

xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T.: O’zbekiston, 1997. – B. 137 

2

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., 2008. – B. 29.. 



3

 O’sha manba B.30  




 

 




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling