Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Sirtqi bo’lim Informatika


Yana bir marta qaytaramiz!


Download 145.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.12.2022
Hajmi145.7 Kb.
#1033353
1   2   3
Bog'liq
Qo\'shnazarov D kom

  
Yana bir marta qaytaramiz! 
1. Nazariy tadqiqot usullari bevosita kuzatib bo‘lmaydigan sifat, 
aloqa, xossa va bog‘lanishlarni aniqlash va tushuntirish imkoniyatini beradi. 
2. Ob’ektlarga xos shunday sababiy bog‘lanish va qonuniyatlar 
mavjudki, ularni faqat nazariy tahlil, mavhumlashtirish va sintezni amalga oshirish 
yo‘li bilan o‘rganish mumkin. 
3. Analiz ob’ektni qismlarga bo‘lish va ularni har birini alohida-
alohida o‘rganish usulidir. 
4. Analizda ob’ekt unsurlari, ularning xossalari va miqdoriy 
o‘lchamlari aniqlandi, unsurlarga xos farq qiluvchi umumiy belgilar 
ajratiladi. Tadqiqot materiallari sintez (umumlashtirish) uchun tayyorlanadi. 
5. Analiz qilingan faktlar va materiallarni taqqoslash, birlashtirish va 
umumlashtirish jarayonida sintez amalga oshiriladi. 
6. Sintez-tahlil qilingan faktlarni, hosil bo‘lgan tasavvurlar va 
tushunchalarni bir-biriga bog‘lab bir-butun mazmunga ega bo‘lgan g‘oya tushuncha 
va nazariyani ishlab chiqish usulidir. 
7. Analogiya ob’ektlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlikni 
o‘rganib,bir ob’ektga xos bulgan belgilar shu turdagi boshqa ob’ektda ham bo‘lishi 
mumkinligini asoslaydigan usuldir. 


8. Analogiya 
usulida 
tadqiq 
qilish 
predmetlardagi 
xossalar,strukturalar va munosabatlar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
9. Aniqlik jihatidan qat’iy, qat’iy bo‘lmagan va yanglish(nochin) 
analogiyalar farqlanadi. 
10. Analogiya usulidan foydalanganda quyidagi qoidalarga rioya qilish 
kerak: 1) ko‘proq o‘xshash elementlarni aniqlab olish; 2) taqqoslanayotgan xossalarni 
muhimlarini ajratib olish;3)asl ob’ektda qanday unsurlararo bog‘lanish bo‘lsa, 
o‘rganilayotgan ob’ektda ham shunday bog‘lanishlarni borligiga e’tibor qaratish 
lozim. 
11. Cheklangan faktlar asosida ob’ektning xossa va qonuniyatlari 
xususida ilmiy faraz qilish,asoslanishi kerak bo‘lgan g‘oyani olg‘a surish gipotetik 
usuldan foydalanishni bildiradi. 
12. Tushuntirish 
ko‘lami,qamrab olingan ob’ektlar miqyosiga 
qarab,gipoteza umumiy,juz’iy va yakka bo‘lishi mumkin. 
13. Formallashtirish usuli– bu ob’ekt xossalarini simvollar (belgilar) 
bilan ifdalab, keyinchalik shu simvollar bilan ishlash yo‘li va qoidalari 
tizimidir.Formallashtirish usulidan foydalanishning yorqin misoli iqtisodiy 
jarayonlarni matritsali modellashtirish apparati yordamida tadqiq qilishdir. 
14. Tadqiqot uchun zarur bo‘lgan tushunchalarni hosil qilish, 
shakllantirish, ularni mazmunini boyitishda mavhumlashtirish va umumlashtirish 
usullari katta rol o‘ynaydi. 
15. Ob’ektning o‘rganilayotgan xossalarini fikrda ajratib olish, ularni 
tahlil qilish va mavjud yoki yangi tushunchalarda ifodalash mavhumlashtirish 
usulidan foydalanishni bildiradi. 
16. Umumlashtirish – bu tahlil qilingan xossalar uchun umumiy bo‘lgan 
belgi va tomonlar xususida obraz va tasavvurlar hosil qilish, tafakkurda ularni 
birlashtirib, umumiy mazmunga ega bo‘lgan tushuncha, g‘oya yoki qoidani ishlab 
chiqish usulidir. 

Download 145.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling