Jizzax davlat pedagogika instituti
8629 Elektrokimyo qo`lllanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Elektrolitlar, ionlarning gidratlanishi. Elektrolit eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi va uni o’lchash orqali ionlanish darajasi va ionlanish konstantasi qiymatini aniqlash.
3. Yakuniy bоsqich
(10 daqiqa) |
3.1. Mavzuni umumlashtiradi va umumiy xulоsalar yasaydi, savollarga javob beradi. Talabalar diqqatini mavzuning asоsiy tоmоnlariga qaratadi va faol qatnashganlarni rag`batlantiradi. |
3.1. Tinglaydilar va savоllar beradilar. |
Mavzu: Elektrolitlar, ionlarning gidratlanishi. Elektrolit eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi va uni o’lchash orqali ionlanish darajasi va ionlanish konstantasi qiymatini aniqlash.
Reja:
Elektrolitlar, ionlarning gidratlanishi.
Elektrolit eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi va uni o’lchash orqali ionlanish darajasi va ionlanish konstantasi qiymatini aniqlash.
1. Gidratlar nazariyasi bilan elektrolitik dissotsilanish nazariyasi bilan bog`lash kerakligini birinchi marta 1891 yilda rus olimi, akademik Kabulikov aytgan edi. Elektirolitlarning kristall nazariyasi yuzasidagi ionlar bilan erituvchi dipollari (µ) o`rtasida (F) tortishish kuchi vujudga keladi
F=µe/r2
Bu yerda, e-ion zaryadi, r-ion bilan dipol o`rtasidagi masofa. Bu kuch tasirida erituchi molekulalari ion atrofida zich hisoblanadi, uni qurshab oladi, demak erish erituvchining siqilishi bilan boradi. Bu qurshalgan kompleks sol’vat (suv bo`lsa, gidrat) bu hodisa salvatlanish (gidratlanish) deb ataladi. Ion solvat qavat bilan birgalikda harakatlanadi.
Ionlar harakat tezligining (yoki elektirolitlar elektir o`tkazuvchaligini) ion radusiga qarab o`zgarishi ham ionlarni eritmada solvatlanishini ko`rsatadi.
Kichik ionlar ko`p solvatlanib kougillanganligi uchun sekin harakatlanadi. Ionning elektr potensiali quyidagicha bo`ladi.
E =e/r
Bu yerda e-ion zaryadining miqdori, r-ion radiusi. Shunday qilib, ionning potensiali uning radiusiga teskari proporsionaldir. Demak, ionning radusi qanchalik kichik bo`lsa, qarama-qarshi zaryadlangan zarrachaga shunchalik kuchli tortiladi, shuning uchun kichik radiusli ionlar kata radusli ionlarga qaraganda kuchliroq solvatlanadi. Buning natijasida ularning hajmi kattalashib, harakati sekinlashadi. Misol tariqasida ishqoriy metallar xloridlarining (LiCl, NaCl, KCl, RbCl, CsCl ning) elektr o`tkazuvchanligini ko`rib chiqish mumkin.
Li, Na, K, Rb, Cs qatorida ionlarning ragusi o`nga tomon oshib boradi. Bu tuzlarning suvdagi eritmasining elektr o`tkazuchanligi o`lchasa, elektr o`tkazuvchanlik chapdan o`nga ortib boradi. Li+ dan Cs+ gacha solvatlanishi kamayib boradi va Cs+ ioni eng tez, Li+ ioni esa eng sekin harakatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling