Xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
1) o‘quvchilar organizmining sog‘ligini mustahkamlash,
rivojlantirish va chiniqtirish,
2) turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor bo‘lish uchun shu
yoshga xos bo‘lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirib borish,
3) hayot uchun kerakli harakat malakalari va ko‘nikmalarini
rivojlantirish va keyinchalik kerak bo‘ladiganlar bilan
qurollantirish
1) O‘quvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi
bilimlarni berib borish,
2) O‘quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam
shug‘ullanishiga qiziqtirish va unga odatni
shakllantirish,
3) O‘quvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib
tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik
qobiliyatini tarbiyalashdek vazifalarni hal qiladi
3. Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish
talablari.
Jismoniy tarbiya darsining samarali o‘tilishi o‘qituvchining
dars rejasini to‘g‘ri tuzilishiga bog‘liq. Shuningdek
o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishdagi tanlagan
uslubiyatiga, dars uchun zarur bo‘lgan jihozlarning
mavjudligiga, sport inshootlarining holatiga va ulardan
samarali foydalana olishga bog‘liq. Tushunarli qilib
aytilganda darsni samarali tashkil etish va o‘tkazish uchun
to‘laqonli ta’minlangan bo‘lishi kerak
Jismoniy tarbiya darsining tuzilishi:
Jismoniy tarbiya darslari bilan bog‘liq masalalarning eng
asosiylaridan biri bu darsning tuzilishidir. Darsning tuzilishi,
dars strukturasi degan atamalar 1940 yillarda pedagogikaga
kirib kelgan. Darsning tuzilishi–bu dars qismlari soni, ularni
ketma ketligi va mazmuni, davomiyligidir deb ta’rif berish
mumkin. Bugungi kunda jismoniy tarbiya darslari tuzilishiga
ko‘ra uch qismdan iborat va ular darsning tayyorlov qismi,
darsni asosiy qismi, darsni yakuniy qismi deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |