Jizzax Davlat pedagogika Universiteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish fakulteti 17. 03-20 guruh talabasi Norqo’ziyeva Xolida Abdusobirovna


Download 383.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.01.2023
Hajmi383.76 Kb.
#1111843
  1   2   3   4
Bog'liq
Презентация1



Jizzax Davlat pedagogika Universiteti
2-oliy ta’lim 4-kurs Boshlang’ich
ta’lim va sport tarbiyaviy ish fakulteti
17.03-20 guruh talabasi
Norqo’ziyeva Xolida Abdusobirovna


Mavzu
Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya
darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari
Reja
1.
Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari
2. 
Jismoniy tarbiya darsining vazifalari
3. 
Jismoniy tarbiya darslarini samarali
tashkil etish talablari. 


Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va
metodikasi-Toshkent. Darslik “Iqtisod -moliya” 2008 yil. 
2. Atamurodov Sh. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi-
Guliston. O‘quv qo‘llanma, 2020 yil. 
3. Abdullaev A., Xonkeldiev Sh. Jismoniy tarbiya nazariyasi va
uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma Toshkent., O‘zDJTI, 2005 yil.
4. Olimov A. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
Toshkent. O‘quv qo‘llanma 2020 yil. Elektron ta’lim resurslari


1. Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimida
umumiy o‘rta ta’lim eng asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. 
Aynan ana shu bo‘g‘inda o‘quvchilar har tomonlama (jismonan, aqliy, 
axloqiy, estetik v.b.) garmonik rivojlanadi, shakllanadi. Jismoniy
rivojlanish eng mas’uliyatli va samarali bosqichni amalga oshiradi. 
Maktab yoshining 6-7, 10-11, yoshlarida (1-4 sinflarda boshlang‘ich
ta’limda bolalar organizmi tabiiy ravishda tez sur’atda
rivojlanadi.)



Umumiy o‘rta ta’limni samarali kechishida
jismoniy tarbiyaning o‘rni hisobga olingan
holda o‘quv rejasida jismoniy tarbiyaga
alohida e’tibor qaratilgan va uni tashkil etish
usullari umumiy o‘rta ta’limning Davlat
ta’lim standartlarida (DTS) aniq belgilab
berilgan. Demak biz jismoniy tarbiya degan
tushunchani bilishimiz zarur. 


2.Jismoniy tarbiya darsining vazifalari

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya
fanini o‘qitishning maqsadi – o‘quvchilarni jismonan
baquvvat, epchil, sog‘lom qilib tarbiyalash, 
salomatligini saqlash, mustahkamlash ularni jismonan
yetuk, barkamol bo‘lib yetishishlari, inson salomatligi
to‘g‘risidagi, to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyenaga
rioya qilish kabi bilimlarini hayotda qo‘llay olish, va
mashg‘ulotlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilish
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy
tarbiya fanini o‘qitishning vazifalari

Ta’limiy- jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha asosiy tushunchalarni, 
ularning mohiyatini hamda dasturda mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya
jarayonida mashqlarni o‘quvchilarga o‘rgatish tushuniladi. Ta’limiy
vazifani amalga oshirishda o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport 
to‘g‘risidagi nazariy bilimlar, ya’ni sport turlari, sport anjomlari va
ulardan foydalanish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda
yosh-fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lgan jismoniy yuklamalarni
mustaqil ravishda belgilay olish kabi ma’lumotlarni beradi



Download 383.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling