Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 54.45 Kb.
bet1/8
Sana20.12.2022
Hajmi54.45 Kb.
#1036461
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiyasini va sport ishlarini boshqarilishini o\'rganish.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi
«Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» fanidan

KURS ISHI




Mavzu: Xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiyasini va sport ishlarini boshqarilishini o'rganish.





BAJARDI: 3-kurs 913-20 guruh talabasi Primqulova Nozima

Ilmiy raxbar: Asqarova D.

J izzax-2022


MUNDARIJA:
Kirish …………………………………………………………………………..…3
1. Horijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish tizimlari…..….5
2.Chet mamlakatlarda jismoniy tarbiyaning nazariy asoslarini …………...…….15
vujudga kelishi.
3.G'arbiy Evropa va AQSHda gimnastika va sport o’yinlari tizimlarining rivojlanishi……………………………………………………………………….23
Xulosa ……………………………………………………………………………29
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………………..31



Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2021 yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilli” deb nom berdilar. Barchamizga ma’lumki jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, aholi salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya va sportni o‘rni beqiyosdir.
Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishni, sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni singdirishning g‘oyat muhim sharti hisoblanadi.
Aholini ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari, turli sport musobaqalarida ishtirok etishlari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini oshiradi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sport muhim ahamiyat kasb etadi va ularda mardlik, vatanparvarlik, sadoqat va halollik tuyg‘ularini shakllantirishda yordam beradi.
Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdi. Bunda ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini nomoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Shunday yaratib berilgan imkoniyatlardan foydalanib, o‘quvchi yoshlarimizni qiziqishiga qarab sportning turli xil yo‘nalshlariga jalb qilib, ulardan yangi chempionlarni tayorlashimiz zarur.
Shu o‘rinda Davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev quyidagi fikrlarini misol qilib keltirmoqchiman “Dunyoda qobilyatsiz bola bo‘lmaydi, biz ana shu qobiliyatni ko‘ra olishimiz, taxlil qilib yuksaltirishimiz va shu qatorda o‘quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqqan holda biror bir kasbga yoki hunarga yo‘naltira olishimiz bizning eng asosiy vazifamizdir”.
Yer yuzida ijtimoy-madaniy turmushning tubdan o'zgarishi o'rta asrlarga kelib bog'lanadi. Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika qit'alaridagi ilg'or madaniyat vakillari jis­moniy tarbiyani inson hayotining uzviy omili ekanligini isbotlashga harakat qildi. Natijada, jismoniy tarbiya vositalarini oilaviy hamda maktab tarbiyasida qo'llanishga erishishdi. Erishilgan ilg'or tajribalar davlatlardan-davlatlarga, qit'alardan- qit'alarga tarqaldi, ya'ni qilichbozlik, o'q otish, kurash, aravada poyga, suzish kabi o'nlab o'yin-mashqlar xalqaro miqyosda qo'llanila boshladi. Bu jihatlar Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, AQSH va boshqa ko'p davlatlarda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi hamda keyinchalik milliy sport turlarining yuzaga kelishiga sabab bo'ldi.

Download 54.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling