Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 54.45 Kb.
bet7/8
Sana20.12.2022
Hajmi54.45 Kb.
#1036461
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiyasini va sport ishlarini boshqarilishini o\'rganish.

Havaskorlik sporti. Havaskorlik sportiga maqom (status) berishdan maqsad aristokratik sport doirasidagilar va boshqa sohalardagi sportchilarni chegaralash, o'z navbatida esa jis­moniy mehnat bilan shug'ullanuvchi ishchilar, sport sohasidagi mutaxassislar, murabbiylar, pedagoglarga keng imkoniyat yaratib berishdan iborat. Mehnat jarayonida sport bilan shug'ullanib chiniqish va yana ish haqi olish havaskorlikka ziddir, degan g'oya paydo bo'ldi. Shu sababdan, bu jarayon professionallikni yuzaga keltirdi. Shu tariqa klublar tashkil etilib, havaskorlik sporti harakati rivojlana boshladi. Klublar ham, davlat ham xususiy ko'rinishga ega edi. Chunki ishchilardan yig'ilgan a'zolik badallari klub xarajatlarini qoplay olmas edi. Avvallari faqat bir sport turi bo'yicha klublar tashkil etildi. Keyinchalik esf bir necha sport turlari (polisport) bo'yicha klublar yuzaga keldi. Shuiar qatorida sport jamiyatlari tashkil etila boshladi. Sport harakatining rivojlanishi musobaqalarning qoidalarini ixchamlashtirish, rekordlarni rasmiylashtirish, axborotlarni yig'ish kabi faoliyatlarni yuritishni taqozo qildi. Bu, o'z navbatida, avvalo mahalliy va milliy, keyinchalik ba'zi bir sport turlari bo'yicha xalqaro uyushmalarni tashkil qilishga olib keldi, ya'ni ittifoqlar (soyuz), ligalar (yetakchi), federatsiyalar (uyushma) yuzaga keldi.
Birinchi milliy uyushma - AQSHning beysbol milliy federatsiyasi edi. U 1858-yilda ta'sis etilgan. Oradan besh yil o'tgach (1863 y.), ingliz futbol ligasi vujudga keldi. Keyinchalik esa gimnastika, qilichbozlik, boks va boshqa sport turlari bo'yicha milliy uyushmalar Yevropa, Amerika, Osiyo, Avstraliya mamlakatlarida ham tashkil qilindi. Sport harakatining kengayishi, qit'alarda milliy sport uyushmalarining tashkil etilishi, xalqaro sport federatsiyalarining ta'sis etilishi va musobaqalar o'tkazib turilishi xalqaro Olimpiya o'ynlarini tiklash va o'tkazishga olib keldi. Bu haqda alohida bobda tanishish mumkin.
Professional sport. Havaskorlik sporti qatorida profes­sional sport ham rivoj topdi. XVII-XVIII asrlarda mavjud bo'lgan sovrinli sport («Prizovoy sport») o'rniga hoziigi davr professional sporti paydo bo'ldi, bu savdo-ishlab chiqarish va moliyaviy kapital bilan uzviy bog'liq edi. Professional sportchini sotib olish va sotish mumkinligi sababli yollanma ish kuchi predmetiga aylanadi. Chunki u tovarlarni reklama qilish va boshqa sohalarda katta foyda keltira boshladi. Pro­fessional spoitchi va tadbirkorlarning (menejer) o'zaro munosabatlari shartnomalar asosida rasmiylashtiriladi. «Qanday bo'lmasin g'alaba» shiori ostida katta pul evaziga barcha joylarda reklama qilish professionalizm yo'lida amalga oshirib borildi.
Sportchilarga giyohvand moddalar (doping) berish, ularning jismoniy, ma'naviy xususiyatlari sun'iy ravishda kuchaytirildi. Professional sport ko'rgazmalarida jinoyatkorlik ishlari ham amalga oshirilishi ko'zda tutilgan edi. Professional sportni rivojlantirish bilan kassa yig'imini, reklamalar, turli xil ayyorlik yo'llari bilan katta foydani qo'lga kiritadi.
Professional sport asta-sekin kurash, boks, beysbol, futbol, basketbol, tennis, avtomotopoyga, velosiped, tog' chang'isi va boshqa sport turlarida ham ildiz ota boshladi hamda jahonga keng tarqaldi. Professional sportning salbiy tomonlari bilan biigalikda uning targ'ibot yo'lidagi ba'zi ijobiy xususiyatlarini ham tan olishga to'g'ri keladi. Ya'ni ommaning jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishi, yoshlarni sport, o'yin va gimnastika bo'yicha tashkil qilingan klublarga jalb etishda bu sport harakatining o'ziga xos xizmatlari mavjud bo'lgan.

XULOSA
Xulosa shundan iboratki, XX asrning ikkinchi yarmida bo'lib o'tgan Olim’iya o'yinlari, kongresslari va turh s’ort tadbirlari Olim’iya harakatini rivojlantirishi hamda uni davr talablari asosida demokratlashtirish yo'llari ancha ijobiy bo'ldi. Bunda XOQ ‘rezidenti X.A.Samaranch, Xalqaro s’ort uyushmalari rahbarlari, eng muhimi Olim’iya o'yinlarini o'tkazuvchi mamlakatlarning hamkorliklari ancha kuchaydi. Hozirgi davr s’ort muammolarini hal etishda ja­hon jamoatchiligi birdamligi yuzaga keldi.
Olimpiya o’yinlari jahon miqyosida muhim pedagogik va ijtimoiy
funk^iyalarni bajarmoqda. Davlatlar va sportchilar o’rtasida ijtimoiy xususiyat tobora rivoj topmoqda. Olimpiya bayramlari juda muhim tarbiyaviy va taTimiy ahamiyat kasb etmoqda,.
Olimpiya o’yinlarida ishtirok etish sport mahoratini oshirishning eng yirik maktabi hisoblanadi.
SHu bilan birgalikda, hozirgi zamon olimpiya harakatida o’tkazilayotgan o’yinlar, ularning natijalari, holati va kelajagi to’g’risida turli nazariyalar, dunyoqarashlar, konqep^iyalar va to’qnashuvlar yuz bermoqda.
Bu o’rinda 1980 yilda Moskvada o’tkazilgan XXII Xalqaro Olimpiya o’yinlariga AQSH va uning tarafdorlari qatnashmaganligi va 1984 yil Los-Anjelesda bo’lib o’tgan (AQSH) XXIII Xalqaro Olimpiya o’yinlarida sobiq SSSR va boshqa so^ialistik davlatlar sportchilarining qatnashishiga qarshilik ko’rsatilgani va ularning havfsizligini saqlashga kafillik berilmaganligi oqibatida sportchilarning bu o’yinlarda qatnashmaganliklarini eslashning o’zi kifoyadir.
SHunga qaramasdan, sobiqSSSRda 1984 yil «Do’stlik», 1986 yilda «YAxshi niyat 0’yinlari» xalqaro musobaqalarining muvaffaqiyatli o’tkazilishi jahon sportchilari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik iqlimini yanada mustahkamladi.
Natijada, 1988 yilda Seulda (Koreya) o’tkazilgan XXIV Xalqaro Olimpiya o’yinlari sobiq SSSR va AQSH sportchilarining yangi uchrashuvi va sportdagi keskin raqobatlarning qayta tiklanishiga sababchi bo’ldi.
Olimpiya harakatida hal qilinishi zarur bo’lgan muammolar hali juda ko’p. Olimpiya o’yinlari dasturi, ayniqsa, xotin-qizlar ishtirok etadigan turlarni rivojlantirish talab etiladi. 1992 yilda o’tkazilgan Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik, bunda sobiq Ittifoq sportchilarining birlashgan (MDH-SNG) so’nggi jamoalari yutuqlari va eng yaxshi natijalarni o’rganishni zamon talab etadi.
Olimpiya o’yinlari moliyaviy harajatlarini kamaytirish, ulkan kimmatbaho qurilmalar bilan band bo’lib qolmasligi kerak. Xalqaro Olimpiya qo’mitasi, Milliy Olimpiya qo’mitalari va xalqaro sport federa^iyalarining faoliyatlarini takomillashtirishni davr talab qilmoqda. Milliy Olimpiya qo’mitalarining hukumat tashkilotlari bilan aloqasini mustahkamlashga e’tibor qaratish zarur, YAngidan a’zo bo’lib kirgan Milliy olimpiya qo’mitalari faoliyatlariga amaliy yordam berilishi lozim.
Hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyotini ilmiy urganish nuqtai nazaridan qaralganda, Olimpiya harakati o’z maqsad va vazifalarini to’la amalga oshirish uchun quyidagilarni o’zida mujassamlashtirib olishi zarur ko’rinadi:
- Olimpiya harakati insonparvarlik yo’nalishida ravnaq topishi, uning ma’naviy va axdoqiy tamoyillari rivojlanishi va sport faoliyati bilan bog’lanishi;
- xalkdar o’rtasidagi tinchlik va do’stlikni mustahkamlash, insoniyat taqdirini Olimpiya harakati vositasi bilan echib berish;
- Olimpiya harakatiga qabul qilishda sportchilarning millati, irqi, diniy dunyoqarashlaridan qat’iy nazar, teng huqukdikni ta’minlash;
- jahonda havaskorlik sportini ommalashtirish, bu bilan talantlar va eng yuqori natijalarni qo’lga kiritish;
- eng yaxshi Olimpiya an’analarini saklash va mustahkamlash bilan uni yanada takomillashtirish.
Bu yo’llar kelajakda Xalqaro sport harakati va Olimpiya o’yinlarini yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyatlar ochib berishiga shakshubha bo’lishi mumkin emas.

Download 54.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling